FAYZU BARAKA, AHILLIK, FAROVONLIK TIMSOLI

“Danagidan mag‘zi shirin”, deydilar,

Bu o‘zbekka xolis ta’rif, aslida.

Duoga qo‘l ochib, komillik tilab,

Lutf qildi chol bir kun nabirasiga.

– Bolam sog‘lom bo‘lsin e’zozli chog‘da,

Bu niyat orzusi bani odamning.

Bolam, sen bir nihol shu ko‘rkam bog‘da,

Yagona chiroyi sensan, olamning.

Bola javob qildi erkalik bilan,

Chinakam farzandi u zamonaning.

Ta’limin olmoqda qat’iyat ila,

Beg‘ubor Istiqlol degan onaning.

– Bobo, e’zoz topmoq keksalik chog‘da,

Sog‘lom o‘y-fikridir sog‘lom odamning.

Axir, siz navqiron chinor shu bog‘da,

Metin ustunisiz ko‘hna olamning.

Bahodir BAHROM

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2014/31)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: