DUNYo KENG, AMMO UNI XASTALIK KO‘ZGA TOR QILADI

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning ma’lumotiga ko‘ra bir kunda dunyo bo‘yicha 7000, bir soatda 300 nafar inson OIV infetsiyasini yuqtirar ekan. Ushbu muammo dunyo tibbiyoti va xalq xo‘jaligi oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib, jahonda mazkur infeksiya bilan yashovchilar 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 35 million nafar kishini tashkil etadi. OIV ham boshqa yuqumli kasalliklar singari chegara bilmasligi, millat, irq, jins va yosh tanlamasligi bilan epidemik ahamiyatga ega bo‘lib, olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarga qaramasdan bizning respublikamizni, jumladan, Toshkent shahri aholisini ham chetlab o‘tmayapti.

“SAYOQ YURSANG, TAYOQ YeYSAN

Bu infeksiyaning tarqalishida salbiy xulq-atvorli fuqarolar (giyohvand moddalarni in’yeksiya yo‘li bilan tomir ichiga qabul qiluvchilar, yengiltabiat ayollar) mavjudligi bilan bir qatorda global migratsiya(dunyo miqyosida fuqarolarning bir davlatdan ikkinchisiga ko‘chib yurishi yoki o‘qish, ish uchun vaqtincha borishi) jarayoni ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Har bir ota-ona farzandi balog‘at davriga yetganida unga alohida e’tibor berishi zarur. Ya’ni, o‘g‘il bola bilan ota, qiz bola bilan esa ona suhbatlashib ularga balog‘at davridagi o‘zgarishlar hamda jinsiy yo‘llar bilan yuquvchi kasalliklar xususida qisqacha ma’lumot berishi darkor. Bir so‘z bilan aytganda o‘smirlarga oila muqaddasligi haqida tushuntirishlari ota-ona uchun ham farz, ham qarz.

OIV VA OITSNING FARQI QANDAY?

Biz siz bilan OIV/OITS to‘g‘risida gaplashayotgan ekanmiz, Sizda “OIV/OITS nima o‘zi, bular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi” degan savol tug‘ilishi aniq! Keling, shu savolga qisqacha javob berib, uning tarixiga ham bir nazar tashlab o‘taylik.

OIV – bu odam organizmidagi immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus, bu infeksiya yuqqanligi oqibatida kelib chiqadigan surunkali yuqumli kasallik.

OITS – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi – kasallikning o‘ziga xos belgilari shakllangan davri, terminal (so‘nggi) bosqichi.

Odamning immunitet tanqisligi virusini 1983-yilda bir vaqtning o‘zida parijlik professor Lyuk Mantanye OITS kasalligi bilan xastalangan bemorning limfa bezidan va amerikalik olim Robert Gallo bemor qonining limfotsit hujayralaridan topishgan. Bu virus 1985 yilda JSST tomonidan, odamning immunitet tanqisligi virusi, deb nomlangan.

XASTALIK MANBAI – BEMOR ODAM

Yana o‘qing:  Qandli diabetda oyoqlar parvarishi

Kasallik manbai – OIVni yuqtirgan shaxs hisoblanadi. OIV ko‘p miqdorda uni yuqtirgan shaxsning qon to‘qimalarida hamda bemorlarning qin va shahvat suyuqligida, bemor va emizikli ayollarning ko‘krak sutida uchraydi. So‘lak, ter, burundan oqqan suyuqlik, balg‘am, ko‘z yoshi, peshob, najas va qusuq moddalari (tarkibida qon saqlamasa) esa epidemiologik nuqtai nazardan xavfli hisoblanmaydi.

DARDNI YASHIRSANG…

OIV quyidagi yo‘llar orqali yuqadi:

– Ya’ni, jinsiy aloqa yo‘li, parenteral (teri butunligining buzilishi bilan bajariladigan notibbiy va tibbiy muolajalar) yo‘l, vertikal (OIV infeksiyali onadan bolaga yuqishi) yo‘li bilan ham kasalni yuqtirib olish mumkin.

Quyidagi suyuqliklar orqali OIV yuqish xavfi past bo‘ladi:

Orqa miya suyuqligi, o‘pka va qorin bo‘shlig‘i, yurak mushaklari oraliq suyuqliklari kabi suyuqliklar.

OIV quyidagi hollarda yuqmaydi:

OIV bemor bilan qo‘l berib ko‘rishganda, umumiy idish-tovoqlardan, sochiq, kiyim-kechak va o‘rin-ko‘rpa jildlaridan, basseyn va boshqa cho‘milish havzalaridan foydalanilganda, aksirganda hamda yo‘talganda yuqmaydi.

NIKOHGACHA TIBBIY KO‘RIK – O‘Z-O‘ZINI JAZOLASHDAN ASRAYDI

Bu infeksiyaning aholi o‘rtasida yuqishining oldini olishda respublikada, jumladan, Toshkent shahrida hukumatimiz tomonidan chiqarilgan me’yoriy hujjatlarga asoslanib, ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonda yoshlarning sog‘lom oila qurishi, barkamol avlodni dunyoga keltirish, sog‘lom avlod – kelajak poydevori kabi tamoyillarga katta e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yildan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 365-sonli qarori asosida mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan kelin-kuyovlar, 55 yoshgacha bo‘lgan nikohlanuvchilar yuz foiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida shahar davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilgan 29 ming nafardan ziyod nikohlanuvchi OIVga tekshirilgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tadbirlar o‘tkazilgan.

ONADAN BOLAGA YUQMASLIGI UCHUN…

O‘zbekiston Prezidentining 2014 yildagi “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2221-sonli qarori asosida tibbiyot muassasalariga murojaat etgan va homiladorlik bilan hisobga olingan har bir ayolni chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularni OIV infeksiyasiga laboratoriya usulida tekshirish ishlari qat’iy nazorat ostiga olingan bo‘lib, shu davrgacha 30 ming nafarga yaqin homilador ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar samarasi o‘laroq respublikada va Toshkent shahrida OIVning onadan bolaga yuqish holatlarining oldi olinmoqda.

Yana o‘qing:  Ehtiyotkorlik inson hayotini asraydi yoki zaharlanish haqida nimalarni bilasiz?

MIGRATSIYa HAM KASALLIK YUQISHIGA SABABMI?

Toshkent shahrida va butun respublikada OIV infeksiyasi epidemiyasi konsentrlangan bosqichda bo‘lib, bu jarayonning o‘zgarishida aholining global migratsiyasi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan 2013 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlarini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi majlisining 165-sonli bayoni asosida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari orasida OIV profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar kuchaytirilib, ularni ushbu infeksiyaga tekshirish ishlariga katta e’tibor qaratildi. Agar ikki ming nafarga yaqin migrant OIVga tekshirilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrigacha uch ming nafarga yaqin chet elga ishlash yo o‘qish uchun ketgan fuqarolar tibbiy ko‘rik bilan qamrab olindi va ularni laboratoriya usulida tekshiruv ishlari 49 foizga ko‘tarildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha manzilli tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, uning ijrosi ta’minlab kelinmoqda.

Venera BAROTOVA,

Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: