UCH O‘LCHAMLI (3 D) TIZZA BO‘G‘IMI
AQSHning Massachusets shtatida joylashgan ConforMIS kompaniyasi olimlari tomonidan tizza bo‘g‘imlarida muammosi bo‘lgan kishilar uchun inson organizmiga mutlaqo bezarar bo‘lgan uch o‘lchamli (ZD)”tizza detallari” yaratildi. Ushbu mahsulot uch o‘lchamli texnologiyani qo‘llash orqali har bir bemorning tanasiga moslashish imkoniyatiga ega.
Tibbiyot sohasiga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi, ayniqsa, mazkur kashfiyot inson tanasidagi jarohatlangan va yaroqsiz holga kelgan qismini o‘ziga xos holatga keltirishga yordam beradi.
Tizza sohasi jarrohligida xastalikni oldini olish va nazorat qilish markazining ma’lumotlariga asosan mazkur texnologiyani qo‘llanilishi taxminan bir yilda 700 ming kishiga to‘g‘ri kelmoqda. Organizmga bunday ta’sir natijasida arzimagan darajada qon yo‘qotish va infeksiya tufayli vena qon-tomirlarida qon ivib qolishi mumkin. Ammo ConforMIS jamoasi buni bir xil qolipdagi implantatlarni qisqa masofada qo‘llash orqali ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkinligini tasdiqlamoqda. Kompyuter tomografiyasida kompaniya tomonidan bemorning tos, tizza va to‘piq suyagi maxsus dastur orqali tizza bo‘g‘imi qon-tomirlarini 3D o‘lchamida aks ettiradi. Undan foydalangan holda mutaxassislar tizza bo‘g‘imi o‘rniga maxsus o‘rnatiladigan implantatlar olishadi. Kompaniya bu mahsulotning nafaqat an’anaviy, balki zamonaviy 3D usulidagi jarrohlik operatsiyasidan keyingi salbiy natijalarni oldini olishga ham harakat qilmoqda.