2016-YILGA KELIB, SMARTFONNI 30 SONIYADA TO‘LIQ QUVVATLASH MUMKIN BO‘LADI
Isroilning StoreDot kompaniyasi yangi texnologiya yaratib, uning smartfon akkumulyatorini bir necha soniyalar, elektr avtomobilni esa bir necha daqiqalar ichida quvvatlashini ma’lum qildi.
Innovatsion texnologiya “nanonuqtalar” yaratishga asoslangan, ular akkumulyator quvvatini o‘ziga tez “singdirib” olishini va to‘liq quvvatlanlanganidan keyin uni saqlab qolishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqaruvchilar 2016-yilgacha bunday akkumulyatorni smartfonlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan ixcham shaklda taqdim etishini aytdi. U 30 soniyada to‘liq quvvat olib, smartfonning bir kun davomida avtonom rejimda ishlashini ta’minlaydi.