SARF-XARAJATLAR KIM TOMONIDAN QOPLANADI?

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar qanday qoplanadi? Alohida fuqarolar saylov kampaniyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘z mablag‘larini taqdim etishlari mumkinmi?

Adolat Hakimova,

Qarshi shahri

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar davlat hisobidan qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Pul mablag‘larini saylov komissiyalariga taqsimlaydi. Ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. Ajratilgan mablag‘lardan aniq maqsadlarda foydalanishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Siyosiy partiyalar,saylovchilarning tashabbuskor guruhlari ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlarning barchasiga tashviqot ishlari olib borish uchun teng imkoniyatlar yaratib beriladi.

Nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘g‘ri, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, turli korxona va tashkilotlar, alohida fuqarolar saylov kampaniyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘z mablag‘larini taqdim etishlari mumkin. Ular Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilib olinadi va aniq maqsad yo‘lida sarflanadi.

Yana o‘qing:  FRANSIYADA FILLAR UCHUN “QARIYALAR UYI” QURILADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: