MATBUOT ANJUMANI

2014 yilgi saylovni yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ommaviy axborot vositalari xodimlariga Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgani va unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish va saylovoldi tashviqotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida qarorlar qabul qilingani haqida axborot berdi.

Matbuot anjumanida siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko‘rsatish ishlari saylov qonunchiligi talablariga muvofiq qat’iy ravishda o‘tkazilgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga binoan siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini xotin-qizlar tashkil etishi lozimligi haqidagi qonun normasiga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ro‘yxatga olingan nomzodlarning 31,8 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.

Parlament quyi palatasi deputatligiga nomzodlar orasida ta’lim sohasi vakillari 26,5, ishlab chiqarish sohasi vakillari 20,2, iqtisodchilar 20,8, huquqshunoslar 14,2, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari 10,1 foizni tashkil qildi. Nomzodlarning barchasi oliy ma’lumot va katta hayotiy tajribaga, 21,7 foizi esa fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga ega. Nomzodlarning 13,8 foizi ilgari ham deputatlikka saylangan.

Shunday qilib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasiga binoan deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish qonunda belgilangan muddatda yakunlandi.

Matbuot anjumanida deputatlikka nomzodlar ro‘yxatga olingach, saylov jarayonining muhim bosqichi – saylov qonunchiligi talablari asosida amalga oshiriladigan saylovoldi tashviqoti boshlangani ta’kidlandi.

Matbuot anjumanida barcha deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga saylovoldi kurashini adolatli va ochiq-oshkora amalga oshirish uchun teng va keng imkoniyat yaratish siyosiy plyuralizm asosida sog‘lom raqobatni ta’minlash imkonini berishi qayd etildi.

Tadbirda dunyoda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga qiziqish ortib borayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning ko‘plab vakillari xalqaro kuzatuvda ishtirok etishini tasdiqladi. Bundan tashqari Markaziy saylov komissiyasi saylovni yoritish uchun uch yuzdan ziyod xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.

Yana o‘qing:  Yangi o‘quv yilida o‘quvchilar obod ta’lim maskanida tahsil oladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: