ANDIJONDAGI KORXONADA BESh TURDAGI BOLALAR VELOSIPEDI ISHLAB ChIQARILMOQDA

Andijonda xalq iste’moli mahsulotlarining 400 ta turiga yana bir yangilik – bolalar velosipedlari qo‘shildi.

Ularni viloyat markazida joylashgan “Sezam Savdo Sanoat” xususiy korxonasi yetkazib bermoqda. Korxona rahbari Olimjon Elchiyev “Aloqabank” filialidan kredit sifatida olingan 100 million so‘m mablag‘ni zamonaviy asbob-uskunalar sotib olish va ularni o‘rnatishga yo‘naltirdi.

Bugungi kunda xususiy korxonada 25 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ish bilan ta’minlangan.

“Sezam Savdo Sanoat” ishlab chiqarayotgan besh turdagi bolalar velosipedlari nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki Toshkent, Nukus, Termiz, Qarshi shaharlaridagi xaridorlarini o‘ziga jalb qilmoqda.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: