Bolalar salomatligi yo‘lida

Joriy yilning 13-19 noyabr kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida Singapur Respublikasidan tashrif buyurgan malakali shifokorlar tomonidan respublikamizdagi yuqori lab va tanglayning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigi o‘tkazildi.

Ma’lumki, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2014 yil davomida Ushbu fond onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘lida Germaniyaning “Fridensdorf International” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro fondi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH fondi, shuningdek, Turkiya Respublikasi hamda respublikamiz shifokorlari bilan hamkorlikda tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan og‘rigan o‘zbekistonlik bemorlar bepul sog‘lomlashtirildi.

Fond tomonidan Singapur Respublikasi bilan ham bir qator sog‘lomlashtirish dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida Singapur Respublikasining 30 nafar malakali shifokorlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida yuqori lab va qattiq tanglay tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigini o‘tkazdi. Shuningdek, klinikaning o‘zida tug‘ma nuqsonli bolalarda jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ko‘magida olib borilayotgan xayrli ish ortida ham sog‘lom kelajakni kamol toptirish maqsadi mujassam. – deydi Namangan viloyatida joylashgan 6-sonli “Mehribonlik” uyi hamshirasi Maftuna Eraliyeva. – 6 nafar yuz-jag‘ sohasida nuqsoni mavjud bemor bolalarni olib kelganmiz.

Bolalar dardiga malham bo‘lishdek saxovatning mezoni bo‘lmasa kerak.

M.ESHONQULOVA

Yana o‘qing:  Termiz yoshlarning muloqot maydoniga aylanmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: