OIV YUQMASLIGI UCHUN VOSITA
Fransuz olimlari OIVni yuqtirib olish xavfini 90 foizgacha kamaytiruvchi dori ishlab chiqdi.
Dori shunday xavf ostida bo‘lgan bir guruh kishilar orasida sinovdan o‘tkazildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, kasallik yuqtirish xavfi sezilarli darajada pasaygan.
O‘z navbatida, OITSga qarshi kurashuvchi jamg‘armalar bu dori AQSHda o‘z samarasini ko‘rsatganini inobatga olib, “aloqaga qadar profilaktika” tamoyilini qo‘llashga chorladi. Agar bu dori muntazam ravishda iste’mol qilinsa, orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqish xavfi birmuncha pasayadi.