ISHGA LAYOQAT KAYFIYATGA BOG‘LIQMI?
Biz qaysi vaqtda ishga chanqog‘u, qaysi paytda dangasa bo‘lamiz. Bu holat,albatta, har kimda har xil kechishi, tabiiy. Kunning turli vaqtlarida inson turli kayfiyatda bo‘ladi. Demak, ishchanlik ham shunga qarab o‘zgaradi.
Tonggi 6 dan – 7 gacha – “oyna”, bu vaqtda insonning xotirasi hamma paytdagidan yaxshiroq ishlaydi. Olingan barcha ma’lumotlar oson o‘zlashtiriladi.
8 dan 9 gacha mantiqiy fikrlash ishga tushadi. Bu har qanday faoliyatni, ya’ni eslab qolish hamda tahlil qilishni amalga oshirish uchun qulay fursat.
9 dan 10 gacha axborotlar va statistik ma’lumotlar bilan ishlashning eng ma’qul vaqti.
11 dan 12 gacha aqliy faoliyat biroz susayadi. Bu paytda boshqa narsaga chalg‘igan ma’qulroq. Masalan, musiqa eshitish mumkin.
11:00 dan 14:00 gacha tushlik uchun eng qulay fursat.
12:00 dan 18:00 gacha faol mehnat uchun eng yaxshi imkoniyat.
21:00 dan 22:00 gacha aql va asab tizimiga dam berish vaqti.
Navbatdagi soatdan tonga qadar kun bo‘yi charchagan jismingizga orom bering. Zero, unutmangki, yangi kelayotgan murodbaxsh kuningiz kuchga to‘lib, tetiklashgan, ruhiyat va tanigizga bog‘liq. Axir bejizga aytishmaydiku “yaxshi dam mehnatga hamdam” deb.