KARTOSHKALI KOTLETLAR

Taomning o‘ziga xos ko‘rinishi ishtahasi sust kishini ham befarq qoldirmasligi aniq. Bugungi tavsiya etmoqchi bo‘lgan kotletlarimiz nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki tarkibi jihatidan ham sizni hayron qoldiradi.

Kerakli masalliqlar: 4-5 dona kartoshka, 0,5 stakan un, 1 dona tuxum, 0,5 osh qoshiq sariyog‘, 1 dona piyoz va 1 stakan pomidor sharbati kerak bo‘ladi.

Idishga suv solib kartoshkalarni po‘sti bilan tuzli suvda qaynatib olamiz. Qaynab pishgan kartoshkalarga sariyog‘ va ozgina qaynoq sut solib bo‘tqa (pyure) holiga kelguncha ezib aralashtiramiz. Mayda qilib to‘g‘ralgan piyozni tovaga yog‘ solib qovurib olib, kartoshka pyurega qo‘shib ta’bga ko‘ra tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan masalliqni kotlet shakliga keltirib, uni so‘ngra tuxumga botirib olib qizigan yog‘da ikki tarafi qizarguncha qovuramiz. Pomidor sharbatiga sarimsoqpiyoz va oshko‘katlardan mayda to‘g‘rab, ta’bga ko‘ra tuz solamiz. Pishgan kotletlarni pomidor sharbati bilan birga dasturxonga tortamiz.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Tozalangan suv: uni uy sharoitida tayyorlash mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: