Nurota – nurli manzillar makoni

Mamlakatimizning qay bir go‘shasiga nazar solmaylik, u o‘zining ajoyib tarixiy inshootlari, qadamjolari,ziyoratgohlari bilan bizni o‘ziga maftun etadi. Bunday ziyoratgohlar haqida eshitgan kishi borki, uni ko‘rishga oshiqadi. Ana shunday maskanlardan biri Navoiy viloyatida joylashgan Nurota ziyoratgohidir. Bu ziyoratgoh yilning to‘rt faslida ham odamlar bilan gavjum bo‘ladi. Mazkur nurli maskanda yurtimizning shahar-u qishloqlaridan, balki dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayohatchilarni uchratish mumkin.

AFSONA VA HAQIQAT

Tarix sahifalariga Nur shahri deya muhrlangan Nurota O‘zbekistonning muqaddas shaharlaridan biridir. Ko‘hna va mo‘ysafid Nur shahri haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar to‘qilgan. Manbalarning birida: “Nur shahrida kechasi osmonga nur taralib turadi, shu bois Nurato deb ataladi” deyilsa, boshqasida “Bu joy muqaddas makon, u yerda ko‘plab avliyolar yetishib chiqqanligi bois shunday nomlanadi”deyilgan. Boshqa rivoyatlarda esa “Nurato chashmasi tubidan ajabtovur nur dastasi osmonga ko‘tarilib turganligi sababli shahar nomi shunga ishora” deb bitilgan.

Tarixiy manbaalarda keltirilishicha Nurato arab va fors-tojik tillarida “nur” va “ato” so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “yorug‘lik” taratadigan, ya’ni nur ato etadigan joy ma’nosini anglatadi. Uning ikkinchi – Nurato atamasi chashma sohilida dafn etilgan Nur ota – Shayx Abulhasan Nuriyga taaluqlidir. Mazkur shahar Xitoy bilan Yevropani bog‘lagan “Buyuk ipak yo‘li”dagi eng go‘zal manzilgohlardan sanaladi. U karvonlar to‘xtashi uchun qulay va bexatar joy hisoblangan. Karvonlar nafaqat savdo, balki shifobaxsh chashma suvidan meshlarga g‘amlab olish uchun ham bu maskanga to‘xtab o‘tishgan.

ShIRMOHI BALIQLAR FAQAT NUROTADA

“Uning g‘aroyib, mo‘jizali qudrati oldida lol qoladi kishi. Ertalabki quyoshning shaffof nuri ta’sirida chashma uzra bamisoli ko‘zgudan aks etayotgan behisob serjilo nurlar barchani sehrlab, xuddiki kuch-quvvat ato etadi” – deydi nurotalik ziyoratchilar. Chashmadan suv yuzasiga ko‘tarilgan baliqlar o‘zining quvnoq raqsi bilan porlab turgan nurni go‘yo yanada balandroqqa yog‘dulantiradi.

Tiniq va musaffo suvda suzib yurgan baliqlar haqida to‘xtalmasdan iloj yo‘q. Sababi bu baliqlarni mahalliy xalq va ziyoratchilar muqaddas deb bilishadi. Baliqlarni kuzatar ekansiz, ruhingiz yengillashib ko‘nglingiz ravshan tortadi. Vujudingiz darddan forig‘ bo‘lgandek yengil tortasiz.

NUR ChASHMASI

Dengiz sathidan 524 metr balandlikda joylashgan muqaddas chashma butun O‘zbekiston xalqining ardoqli go‘shasidir. Chashma uzra tovlanayotgan nurning insonlar ko‘z o‘ngida turli rang va turli shaklda paydo bo‘lishining o‘zi betakror mo‘jizadir. Har kuni minglab ziyoratchilar bu yerda hordiq chiqarishadi.

Yana o‘qing:  Kuz

Chashma suvining rangsiz, hidsiz, yumshoq va shirinligi, haroratining muttasil qishin-yozin +19,5 S darajada bir xilligi, har lahzada 360-400 litr sig‘imda qaynab chiqib turishi, sersuvligi, tarkibida turli shifobaxsh mikroelementlarining mavjudligi bir qator xastaliklarga shifodir.

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: