Bilim va hunar egallagan yoshlar kelajak poydevorini mustahkam bunyod etadi

Bugun mamlakatimizda kela­jagimiz tayanchi bo'lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimdon hamda barkamol bo'lib ulg'ayishi uchun barcha imko­ni­yatlar muhayyo etilgan. Preziden­timizning yuksak e'tibori va g'amxo'rligi tufayli ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar yoshlarimiz erishayot­gan yutuqlarda o'z aksini topmoqda.

Jumladan, bizning Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejida ham o'quvchilarning puxta bilim olishlari uchun yetarli barcha sharoitlar mavjud. O'tgan o'quv yilida ta'lim maskanimizda 3 mingga yaqin yigit-qiz EHM, bank ishi, buxgalteriya, huquqshunoslik kabi sakkiz yo'nalish bo'yicha tahsil olib, ulardan 546 nafar o'quvchi o'zlari tanlagan mutaxassisliklarga ega bo'ldi. Bitiruvchilarning o'z tanlagan sohalari bo'yicha qanday faoliyat olib borayotgani o'quv yili davomida doimo nazorat qilib borilayotgani o'zining ijobiy samarasini bermoqda. Masalan, o'tgan o'quv yilida kollejni kompyuter tarmog'i yo'nalishi bo'yicha tamomlagan Nasiba Abdullayeva va Orzuqul Odilovlar «O'zbekiston-Indoneziya» qo'shma korxonasida operator bo'lib ishladi. Ular qisqa vaqtda jamoa ishonchini qazondi. Bugun sobiq o'quvchilarimiz o'zlari mehnat qilayotgan korxonaning ajralmas qismiga aylanib, uning rivojlaninishi, gullab-yashnashi uchun bor bilim va salohiyatini ishga solmoqda. Shuningdek, kollejni bank ishi yo'nalishi bo'yicha tamomlagan Adolat Uzoqova budjetdan tashqari pensiya jamg'armasining Do'stlik tuman bo'limida, huquqshunoslik yo'na­lishi bo'yicha Gulnoza Ibragimova «MISS-Jizzax» mas'u­liyati chek­langan jamiyatida o'zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llab, ko'nikmalarini mustahkamlab bormoqda.

Joriy 2013-2014 o'quv yilida ham kollejga 8 ta yo'nalish bo'yicha 575 nafar yigit-qiz o'qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar viloyatdagi barcha umum­ta'lim maktablariga kollejimizdagi barcha yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha ma'lumotlar tarqatildi. Bo'lg'usi yosh mutaxassislar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ham jismonan, ham ma'nan yetuk, bilimli va izlanuvchan yoshlar safini kengaytirishga alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Jumladan, umumta'lim maktablari bitiruvchilari, ularning ota-ona va ustozlarini kollejimizga taklif etib, ularga o'quv dargohimizda o'quvchilarning chuqur bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yo'nalishlar hamda kasb mahorati haqida kerakli ma'lumotlar berildi. Bu esa har bir yosh avlodning tanlagan kasbiga astoydil mehr qo'yishiga, kelgusida yetuk muta­xassis bo'lib yetishishiga xizmat qiladi.

O'tgan o'quv yilida o'quv­chi­lardan Dadajon Oripov «Milliy biz­nes g'oyasi», Temur Xolbo'tayev «Ratsionalizatorlik takliflar» yo'nalishlari bo'yicha «Kelajak ovozi» ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida birinchilikni egallab, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Shuning­dek, Yoqutxon Xolbekova va Emine Shmikovalar respublika sport musobaqalarida faol qatnashib, yuqori natijalarni qayd etdi. Bunday yutuqlarning qo'lga kiritilishida tajribali va izlanuvchan pedagog­larimizdan Sherzod Jabborov, Shohsanam Haq­ber­diyeva, Dilbar O'rolova kabilarning hissasi katta bo'ldi.

Яна ўқинг:  Tadbirkori bor yurtning – taraqqiyoti bor

Nargiza ABDURAHMONOVA,

Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kolleji O'zMTDP BPT yetakchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: