ChINIQISH MAKTABI

UMID NIHOLLARI” MUSOBAQALARI BOSHLANDI

O‘zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqib o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ular orasida sportni ommalashtirish maqsadida uch bosqichli yagona sport o‘yinlari tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari o‘tkazib kelinadi. Mazkur tizim yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Yana bir muhim jihati, ushbu sport o‘yinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam o‘tkazilishi joylarda zamonaviy qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi, yangidan-yangi sport seksiyalari va majmualari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga olib kelmoqda.

Joriy yilning 4-9 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab va tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 1-4-sinf o‘quvchilari sportning 5 ta turi bo‘yicha, 5-9-sinf o‘quvchilari esa 6 ta tur bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

“Umid nihollari” sport musobaqalarinig maktab va tuman (shahar) bosqichlari o‘quvchilarning kuzgi ta’til kunlarida o‘tkazildi. Bu esa ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish imkonini beradi.

Shuningdek, kuzgi ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport majmualaridagi to‘garaklar va seksiyalar, suzish havzalari to‘laqonli faoliyat ko‘rsatadi. Bugungi kunda respublikada ularning soni 65 ming 423 tani tashkil qilib, sport to‘garaklarida 1 mln. 637 ming 943 nafar sportsevar bolajonlar muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Ushbu sport to‘garaklar mashg‘ulotlarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar bepul qatnashadi.

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati

Yana o‘qing:  IXTIROCHILAR DOIM QO‘LLAB-QUVVATLANADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: