SUN’IY ME’DA IXTIRO QILINDI

Olimlar birinchi marta laboratoriya sharoitida inson me’dasining plyuripotent hujayralari (xohlagan turdagi hujayraga aylana oladigan hujayra turi)yordamida o‘stirdi. Uch o‘lchamli “minime’da” dori-darmonlar ta’siri hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Tadqiqot natijalari “Nature” jurnalida yoritilgan.

Biologlar ikki yil mobaynida embrion organizmida me’da rivojlanishining asosiy bosqichlarini aniqladi. Ularni Petri idishiga qo‘yib, o‘zak hujayralarni me’da hujayralariga aylantirdi. Bir oyda diametri 3 millimetrni tashkil etgan, turli xildagi moddalardan iborat bo‘lgan uch o‘lchamli organoidlarni chiqarishga muvaffaq bo‘ldilar.

So‘ngra tadqiqotchilar “me’da”ni gastrit, me’da hamda o‘n ikki barmoqli ichak yarasini keltirib chiqaruvchi xelicobakter pilori bakteriyasi bilan zararladi. Bir kun ichida mikrob me’da bo‘ylab tarqalib, c-Met saraton genini keltirib chiqardi.

Bundan tashqari, olimlar bu organoidlarni diabet va boshqa kasalliklarni o‘rganishda ham qo‘llamoqchi. Bunday tadqiqotlarni hayvonlarda o‘tkazish maqsadga muvofiq emas, chunki hayvon va odam me’dasi tuzilishi bir-biridan tubdan farq qiladi.

Farhod BEK tayyorladi

Yana o‘qing:  Xafaqon bilan og‘rigan bemor, ob-havo “injiqliklari”ga bee’tibor bo‘lmang!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: