YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH – AHOLI SALOMATLIGINI ASRAYDI

Yurtimizda turli sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar qatorida aholi salomatligini saqlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom voyaga yetkazish va ularni turli yuqumli kasalliklardan muhofaza qilishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash va ularning oldini olish masalalari, bu borada olib borilayotgan keng qamrovli ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bosh epizootologi Abror Akbarovga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:

– Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi qanday vaziyat va sabablar bilan bog‘liq?

– Yuqumli kasalliklarning tarqalishiga insonlar va hayvonlarning muayyan tarzda o‘sib borishi, yerdan foydalanishdagi o‘zgarishlar (qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadida yangi yerlarning ochilishi), atrof-muhitning o‘zgarishi, hayvonlar va ulardan olinadigan mahsulotlarning savdo-sotig‘i hamda kasallik qo‘zg‘atuvchilarining rivojlanishi (evolyusiyasi) kabilar sabab bo‘lmoqda.

Odatda kasal va kasallanib tuzalgan hayvonlar, kasallikning eski tuproq o‘choqlari, kemiruvchi va qon so‘ruvchi hasharotlar, pashsha va chivinlar yuqumli kasalliklarning yuqish manbai va tashuvchisi bo‘lib xizmat qiladi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari uchta asosiy yo‘llar bilan tarqaladi:

їhayvonlar bilan munosabatda bo‘lganda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik yoki hayvonning tishlashi kabi holatlar;

їatrof-muhitning zararlanishidan (suv, tuproq, havo kabi atrof – muhitning ekologik jihatdan zararlanishi);

їkemiruvchilar, qon so‘ruvchi hasharotlar, pashsha va chivinlar kabi kasallik qo‘zg‘atuvchisini tashuvchilari bu vazifani bajaradilar.

– Ushbu yuqumli kasalliklar oqibatida insonlarda qaysi xastaliklar asorati kuzatiladi?

– Yuqumli kasalliklar shamol, suv, tuproq kabi tabiiy kuchlar orqali ham keng masofalarga tarqaladigan chegara bilmas bo‘lgani sababli kasallik kelib chiqqan hududda emlanmagan mollarning kasallanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini qisqa masofada to‘xtatib qolish juda qiyin.

Ikkinchidan, kasallangan mollarni davolash, nobud bo‘lgan hayvonlarni yo‘qotish, kasallik chiqqan hududni sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun katta moliyaviy xarajatlar sarflanadi. Uchinchidan, kasallangan hayvonlar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha samarasiz bo‘lib, ularning mahsuldorligi va sifati o‘ta pasayib ketadi. To‘rtinchidan – eng yomoni, yuqumli kasalliklarning odamlarga yuqishi va uning bir umrlik asoratlar qoldirishidir. Bu aholi orasida epidemiyaning tarqalishiga, insoniyat olamidagi ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng xavfli va eng baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy xabarlariga ko‘ra mazkur kasallikdan har yili 200 ming nafar odam kasallanadi va shundan 30 ming bemor vafot etadi. Chagas kasalligi (tripanosomoz) bilan yovvoyi va xonaki sut emizuvchilar, jumladan, odamlarning kasallanishi keng tarqalgan bo‘lib, kasallik odamlarga va xonaki sut emizuvchilarga yovvoyi sut emizuvchilardan qon so‘ruvchi hasharotlar orqali yuqadi. Qutirish kasalligini oladigan bo‘lsak, bu xastalik bilan odamlar yovvoyi va uy hayvonlari tishlashi natijasida kasallanadi. Agar odamni kasallangan hayvon tishlaganda zudlik bilan uning oldi olinmasa, natijasi o‘lim bilan tugaydi. Bu kasallik bilan har yili dunyo bo‘yicha 55 mingdan ortiq insonlar vafot etadi.

Yana o‘qing:  Xonadonlarimiz fayzi farishtalari

– Mamlakatimizda ana shunday chetdan kirib keladigan xavf-xatarning oldini olish va yuqumli kasalliklarni bartaraf qilishda Davlat veterinariya xizmati tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– O‘zbekiston Respublikasi “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunida veterinariyaning asosiy vazifalaridan biri bu aholini odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilish hisoblanadi.

Dunyoning yetakchi olimlardan biri shunday ta’kidlagan: “Tibbiyot insonni davolasa, veterinariya sohasi insoniyatni asraydi”!

Shu maqsadda mamlakatimizda Davlat veterinariya xizmati tomonidan joriy 2014 yilning o‘tgan davrida epizootiyaga qarshi profilaktik tadbirlar “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq epizootik vaziyat va hayvonlarning immun fonidan kelib chiqib, belgilangan tartib va muddatlarda olib borilmoqda.

Natijada chetdan respublikamiz hududiga insonlar va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldi olinib, barqaror epizootik vaziyat saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududini chetdan hayvonlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarining kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda dunyo mamlakatlaridagi epizootik vaziyatni doimiy ravishda monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun Xalqaro Epizootik Byuro va ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar doimiy tahlil qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab boriladi. Jumladan, respublikamizning qo‘shni respublikalar bilan chegaradosh mintaqalarida bufer hududlar tashkil etilgan va bu hududlarga respublikamizning 82 ta tuman va shaharlari, 514 ta qishloq fuqarolar yig‘inlari hamda 3 mingdan ortiq qishloq va mahallalar kiritilgan bo‘lib, ularda mavjud chorva hayvonlari o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi to‘liq emlanishi ta’minlangan. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi hududida hayvonlarning quturish va boshqa o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirish hamda epizootik barqarorlikni ta’minlash, hayvonlar o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika Bosh Davlat veterinariya inspektorining tegishli qaror va ko‘rsatmalari ishlab chiqilib, joylarga ijro uchun yetkazilgan. Uning ijrosi nazoratga olingan.

Bundan tashqari joylarda emlash tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida guruh usulida emlash tadbirlari davom ettirilmoqda va bu tadbirlar Davlat veterinariya bosh boshqarmasining mas’ul vakillari tomonidan nazoratga olingan. Shuningdek, mavjud mol bozorlariga sotish uchun keltirilayotgan chorva hayvonlarining veterinariya ma’lumotnomasi asosida sotilishi hamda chorva hayvonlarini faqatgina qushxona va maxsus so‘yish maydonchalarda veterinariya vrachi nazorati ostida so‘yish bo‘yicha aholi orasida tushuntirish va tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Yana o‘qing:  AXBOROT VA SO‘Z ERKINLIGINI TA’MINLASH DEMOKRATIK ISLOHOTLARNING MUHIM TAMOYILLARIDAN BIRIDIR

– Uyda boqiladigan hayvonlarda yuqumli kasalliklar paydo bo‘lganda chorva egalarining vazifalari nimalardan iborat bo‘lishi lozim?

– Har bir tur yuqumli kasallik o‘ziga xos kasallik belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Masalan, quturish kasalligida quturgan hayvonning tajovuzkor holatda bo‘lishi, noodatiy tarzda turli jismlarni chaynashi, suv va yorug‘likdan qo‘rqishi, yo‘lida uchragan jonzotga tashlanishi kabi belgilar kuzatilsa, oqsim(brutsellyoz) kasalligida hayvonning bola tashlashi yoki yo‘ldoshining ushlanib qolishi, buzoqning o‘ta nimjon tug‘ilishi kabi holatlar ro‘y beradi.

Kuydirgi kasalligida xastalik shiddatli kechganda uning belgilari namoyon bo‘lmasdan hayvon to‘satdan, ba’zan bir necha soatda yiqilib, o‘lishi kuzatiladi. Agar kasallik biroz cho‘zilsa yoki o‘tkir va yarim o‘tkir kechganda, hayvon bezovtalanib, har narsadan qo‘rqishi, tana harorati 420S darajagacha ko‘tarilishi, yuragi tez urib, bezovtalanish kuchayishi, nafas olishga qiynalishi, har xil nojo‘ya harakatlar qilishi yoki qiynalib yurishi mumkin. Bu borada ham har bir yuqumli kasalliklar bo‘yicha xonadonlarga buklet va qo‘llanmalar tarqatilmoqda. Odamlar gavjum joylarga yuqumli kasalliklarning oldini olish tadbirlari aks ettirilgan plakatlar o‘rnatilib, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

– Agar uy hayvonlarida yuqoridagi belgilar kuzatilganda fuqarolar kimga murojaat qilishlari kerak?

– Agar uy hayvonlarida yuqumli kasalliklar klinik belgilari kuzatilganda fuqarolar eng avvalo shu hududga xizmat ko‘rsatuvchi davlat yoki litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy veterinariya vrachlariga murojaat qilishi, hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan davolamasliklari, davolash hamda veterinariya-sanitariya tadbirlarini to‘liq hajmda amalga oshirishlari, veterinariya vrachi nazoratidan o‘tmagan kasallangan hayvonlarni hamda yuqumli kasallikning klinik belgilari kuzatilib, o‘lim talvasasida bo‘lgan hayvonlarni so‘ymasliklari talab etiladi.

– Yuqumli kasalliklarning oldini olishda fuqarolar nimalarga ko‘proq e’tibor qaratishlari lozim?

– Epizootik tadbirlarni o‘tkazish, chorva mollarini davolash, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan har bir qishloq fuqarolar yig‘ini darajasigacha bo‘lgan bo‘g‘inda Davlat veterinariya xizmatining veterinariya vrachlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Chorva egalarining veterinariya xizmatiga bo‘lgan talabini yanada to‘la hajmda qondirish maqsadida respublikamizning eng chekka hududlarigacha veterinariya servis xizmatlari ko‘rsatuvchi veterinariya punktlari tashkil etilgan.

Yuqumli kasalliklarning oldini olishda fuqarolar eng avvalo hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi o‘z vaqtida profilaktik emlatishi;

Yana o‘qing:  OTMdagi SOVCHILAR

їhayvon sotib olishda, uning sog‘lomligini kafolatlovchi veterinariya ma’lumotnomasi mavjudligiga e’tibor qaratishlari;

їhayvonlarni uy sharoitida so‘ymasliklari va ularni faqatgina ruxsat etilgan joyda (qushxona va so‘yish maydonchalari), veterinariya mutaxassisi ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng so‘yishlari;

їmajburan so‘yilgan hayvon go‘shtini albatta, veterinariya laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazishlari talab etiladi.

– Hayvon go‘shtini sotib olishda uning iste’molga yaroqsizligini qanday bilsa bo‘ladi?

– Hayvon go‘shtini sotib olishda juda ehtiyot bo‘lish kerak!

Har bir go‘sht nimtasi sotuvga chiqarilishidan oldin albatta, veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tkazilib, tekshiruv natijasiga ko‘ra, iste’molga yaroqli bo‘lgan hayvon go‘shti belgilangan tartibda muhrlanadi va go‘sht egasiga veterinariya xulosasi beriladi. Iste’molga yaroqlilikni tasdiqlovchi ushbu ma’lumotlar iste’molchilar uchun ochiq ma’lumot bo‘lib, go‘sht sotuvchilar iste’molchilarni tanishtirishga majburligi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan.

Dunyo olimlari tajribalariga ko‘ra, oqsim(brutsellyoz) kasalligi bilan xastalangan odamlardan olingan tibbiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kasallangan odamlarning 70 foizi yangi sog‘ilgan va pishirilmagan sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilishi kuzatilgan.

Bugungi kunda ushbu sohaga mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda insonlar va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston Respublikasida zooantroponoz o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha 2014-2018 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, uning ijrosi ta’minlanmoqda.

– Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur!

Maryam AHMEDOVA

suhbatlashdi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: