MAHALLADA TIBBIY AKSIYa

Yaqinda Shayxontohur tumanidagi “Shofayzi” mahalla guzarida Prezidentimizning 2014 yil 1 avgustdagi “O‘zbekistonda aholini reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasidagi davlat Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar va Shayxontohur tuman kengashlari, shuningdek, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi, Gematologiya va qon quyish instituti hamda Toshkent shahar Onkologiya markazi hamkorligida “Sog‘lom millat-yurt kelajagi” shiori ostida amaliy tadbir hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu tadbirda so‘zga chiqqan tumandagi 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori Muqaddasxon Rahmatillayeva, Toshkent shahar Onkologiya markazi shifokori Kamola G‘afuroxunovalar aholi salomatligi borasida qabul qilinayotgan qaror va dasturlarning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritib, mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatga asosiy e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladilar. Shuningdek, sog‘lom millatni voyaga yetkazishda xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash borasidagi yurtimizda erishilayotgan yutuqlar va natijalar haqida aholiga ma’lumot berib o‘tdilar.

Tadbirning ikkinchi qismida aholini sog‘lomlashtirish aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada Shayxontohur tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar hamda partiya elektorati vakillari ishtirok etib, ular turli mutaxassis-shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Dildora MURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  E’tibor va imkoniyat mahsuli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: