XALQ TABOBATI USULIDA DAVOLASH
Topinambur – ernokning tanani umumiy quvvatini oshiruvchi xususiyatidan foydalanilgan holda muntazam iste’mol qilib turilsa, a’zolarga tuz yig‘ilishi, 2-tur qandli diabet, me’da-ichak xastaliklari, kamqonlik, ateroskleroz, buyrak va siydik yo‘llarida tosh hosil bo‘lishida, asab kasalliklarining oldini olishda juda qo‘l keladi.
Yernok bargini, kartoshkasini yangi holda yoki quritilgan holda ishlatish mumkin. Yangi terib olingan kartoshkasidan 50 g. tozalab, unga hech narsa qo‘shmasdan ovqatdan 30 daqiqa oldin, kuniga 3 mahal iste’mol qilinsa, qondagi qand miqdori kamayadi. Bargidan salat tayyorlansa faqat qandli diabetnigina emas, balki gipertoniya, me’da osti bezining boshqa xastaliklarini davolashda ham ahamiyati juda kattadir.
Yernokning quritilgan kartoshkasidan 1-2 litr suvga 3 osh qoshiq, agar yangi terib olingan, sarxilidan ishlatmoqchi bo‘lsangiz, 3 donasini olib, quritilganini 1 soat davomida mildiratib, yangisini esa 10-15 daqiqa davomida meva sharbati kabi qaynatasiz. Iliq holda yoki sovutilganini kuniga 1 l.dan haftada 2-3 marotaba iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bunday qaynatma qondagi qand miqdorini kamaytiribgina qolmay, balki qon bosimini ham tushiradi. Me’da osti bezining ish faoliyatini yaxshilaydi, qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi.
Kovul
Tayyorlash usuli. Quritib maydalangan o‘simlik ildizidan 2 osh qoshig‘ini 200 ml qaynoq suvda 2 soat mobaynida damlanadi. Dokadan suzib, 70 ml. dan kuniga 3 mahal ovqatdan 20-30 daqiqa oldin ichiladi.
Limon
Zamonaviy tabobatda eng avvalo darmondori sifatida ishlatiladi. Chunki tarkibida S va R vitaminlar borligi uni gipo va avitaminozlari bor bemorlarga tavsiya etiladi. Limon preparatlarini ko‘pgina me’da-ichak xastaliklarida, buyrakda tosh hosil bo‘lishida, podagra, bod, qandli diabet, minerallar almashinuvi buzilishi natijasida hosil bo‘lgan xastaliklarda ishlatiladi.
Lavlagi
Zamonaviy tabobatda lavlagi me’da-ichak xastaliklarida, jigar, o‘t yo‘llari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Undan ajratib olingan preparatlar o‘sishni to‘xtatish xususiyatiga ham egadir. Lavlagi qandli diabetda, qabziyat, kamqonlik, ateroskleroz, tireotoksikozda ham ancha yaxshi yordam beradi.
Bundan tashqari, lavlagi ko‘pgina xastaliklarni davolashda parhez taomlarning asosini tashkil qiladi.