CARATONNING KOMPLEKS DAVOLASH USULI ISHLAB ChIQILDI
Rossiyaning Tomsk viloyati olimlari o‘zlarining sloveniyalik hamkasblari bilan saratonni kompleks davolashning yangi usulini o‘ylab topdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. U dunyoda muqobiliga ega emas va bemorlarda o‘ziga nisbatan turg‘unlikni keltirib chiqarmaydi.
Avvalroq Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘linmasi instituti Sibir davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda yaralarni tuzatuvchi bog‘ichni ishlab chiqqan edi. Undagi faol yutuvchi markazlar elektrostatik omil hisobiga yaradagi mikroorganizmlarni yo‘q qiladi va ularning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu tez bitmaydigan jarohatlarni davolash vaqtini qisqartiradi va antibiotiklar qo‘llashga hojat qoldirmaydi.
Sloveniyadagi Jozef Stefan instituti olimlarining fikricha, ushbu materiallarni kimyoterapiyada qo‘llash lozim. Shunda kimyoviy preparatlar dozasi 20-30 martalab kamayadi.
Hamkorlikdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shishli hujayralarga ushbu material ta’sir qilinganida hujayra tashqi muhit bilan aloqani yo‘qotadi, natijada u o‘sish va ko‘payishdan to‘xtaydi.
Laboratoriyada hayvonlar ustida ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar muvaffaqiyatli kechgan, ayni paytda teridagi xavfli o‘sma bo‘yicha hayvonlar ustida eksperiment o‘tkazilmoqda.