Minnatdorlik maktublari (2014-/44)

Hayot, baxtli yashashning bebaho imkoniyatidir. Insonning turmushi farovon bo‘lishi uchun unga barcha ezguliklar esh bo‘ladi. Buning uchun unda iroda, sabr, kuch va g‘ayrat va matonat bisyor. Ammo hayotda shunday noxushliklar bo‘ladiki, ba’zida inson yaqinlariga, do‘stlariga, yon-atrofdagilar ko‘magiga suyanadi. Ana shunday ko‘mak va g‘amxo‘rlik kishiga yangidan hayotga qaytgandek yengillik va kuch-g‘ayrat baxshida etadi.

Respublika ko‘z kasalliklari klinikasida faoliyat olib borayotgan qo‘li yengil, so‘zlari malham fidoyi shifokorlar ko‘plab insonlarga baxtli yashashi uchun umid chirog‘ini yoqqan insonlardan, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ko‘zlarimdagi xastalikdan forig‘ bo‘lishga, dunyoga yanada teranroq nigohlar bilan boqishimga ularning e’tibori va yuksak tajribasi sabab bo‘ldi.

Rossiyaning akademik S.Fyodorov nomidagi “Ko‘z mikroxirurgiya” klinikasida o‘z malakasini oshirib qaytgan, yosh bo‘lishiga qaramay bilimli va tajribali shifokor Behzod Shukurovning ko‘magi menga kuch va dalda bo‘ldi. Bosh shifokor Klara Valiyeva, professor Xolidjon Komilov, Nargiza Normatova, Krista Taxgidi, Nazrullo Xadjayev, Olga Volkova kabi malakali ustoz shifokorlarning klinikadagi faoliyati ko‘plab bemorlar dardiga malham bo‘lib kelayotgani tahsinga sazovordir. Kelgusida ularning faoliyatida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Muhiddin TO‘RAQULOV,

mehnat faxriysi

Yana o‘qing:  Zamonaviy binolar ish boshladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: