Ijtimoiy himoya namunasi

Bugungi kunda respublikamizdagi 9 ming 739 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida imkoniyati cheklangan (yordamga muhtoj, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishida muammosi bor) bolalar ta’lim-tarbiya olishlari uchun maxsus sinflar tashkil etilgan. Shuningdek, uy sharoitida ta’lim olishlari uchun alohida o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqilgan.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayni damda yurtimizda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 86 ta maxsus maktab-internat va maktablar faoliyat yuritmoqda. Ularda 17 ming 919 nafar, 23 ta sanatoriya turidagi maktab-internatlarda esa 6 ming 300 nafar, umumta’lim maktablarda 28 ming 890 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchi, 183 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 18 ming 118 nafar aloxida yordamga muhtoj tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. 10 ming 64 nafar o‘quvchi har xil turdagi kasalliklar tufayli uy sharoitida, yakka tartibda tahsil olmoqda.

Ma’lumki, darslik ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy tayanchi hisoblanadi. Ana shu ma’noda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun 2007-2013-yillarda 195 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanma 132 ming 875 nusxada, 27 nomdagi metodik tavsiya, 49 nomdagi o‘quv dastur chop etildi. Ayni paytda 2014-2015-o‘quv yili uchun 53 nomdagi 48 ming 156 nusxa, shu jumladan ko‘zi ojizlar uchun 17 nomdagi darsliklarni chop etish jarayoni yakunlanmoqda. Shuningdek, dars jarayonlarini yanada mazmunli va qiziqarli tashkil etish maqsadida maxsus darsliklardan tashqari 2005-2012-yillarda chiqarilgan 36 nomdagi audiodarsliklardan foydalanilmoqda. O‘quvchilarni Brayl darsliklari bilan ta’minlanish 71 foiz, kar va zaif eshituvchi, aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlarini maxsus darsliklar bilan ta’minlash 76 foiz, rus tilidagi darsliklar bilan ta’minlanish 49 foizga amalga oshirildi. Uyda, yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar parta, doska, portfel, 12 nomdagi o‘quv kurollar bilan ta’minlangan.

Mamlakatimizdagi barcha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv samaradorligini oshirish maqsadida “Mahorat maktabi” yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur amaliyot malaka oshirish va qayta tayyorlash institutlari hamda xalq ta’limi tizimiga pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamkorligini mustahkamlashda muhim omil sanaladi. O‘quvchilar orasida ommalashib borayotgan “Bilimlar bellashuvi” klubi esa o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va shu asosda ijodiy musobaqa muhitini yaratishga muhim omil bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, 2004-2013 yillar davomida ko‘zi ojizlar o‘rtasida matematika va ona tili fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadalarida 58 nafar g‘olib o‘quvchi imtiyozli ravishda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. O‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan davra suhbatlari va seminarlardan tashqari, haftaning ma’lum bir kuni huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlarga bag‘ishlanishi ko‘zda tutilgan.

Яна ўқинг:  САБЗИЛИ МАНТИ

Bugungi kunda maktab-internatlarda ta’lim olayotgan barcha o‘quvchilar turli yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb etilgan. Shu kabi badiiy va texnik ijodiyoti yo‘nalishidagi to‘garaklarda 6 ming 355 nafar, sport seksiyalarida 3991 nafar, musiqa yo‘nalishidagi to‘garaklarda 1 ming 711 nafar, fan yo‘nalishlari to‘garaklarida 2 ming 951 nafar o‘quvchi bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishmoqda. Natijada o‘quvchilar turli ko‘rgazma va musiqa festivallarida faol ishtirok etmoqdalar.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kerakli o‘quv qurollari bilan ta’minlashga davlatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganligini katta mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Jumladan, 2003-2013-yillar davomida jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan uchta ta’lim muassasasining yangi binosi qurildi, mavjud 13 ta bino rekonstruksiya, 54 tasi kapital ta’mirlandi.

2014-2016-yillarda ushbu turdagi muassasalarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash rejasi bo‘yicha joriy yilda 16 ta, 2015-yilda 19 ta, 2016-yilda 13 ta ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari binolari rekonstruksiya va kapital ta’mirlanishi belgilangan. Joriy yilda jihozlash dasturiga kiritilgan 16 ta maxsus maktab-internatlari o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan.

Zamonaviy ta’lim tizimining barqaror rivojlanishida imkoniyati cheklangan bolalarning qonuniy manfaatlarini ta’minlaydigan muqobil ta’lim-tarbiya turlarining o‘rni beqiyos. Shunday ta’lim-tarbiya turlaridan biri inklyuziv ta’limdir. Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom bolalar bilan birga o‘qitish shaklidir. Bugungi kunda bu ta’lim turi izchillik bilan rivojlanib bormoqda. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan YUNISeF, YUNESKO, Yaponiya madaniy markazi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash Fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, O‘zbekiston maxsus olimpiadasi tashkiloti hamkorligida inklyuziv ta’limni joriy etish, imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oydin Sa’dullaeva

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: