SPORT – BARKAMOLLIK ASOSI
Kollejimizda yoshlarni jismonan sog‘lom, ma`nan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida sport va sog‘lomlashtirish ishlariga katta e`tibor berilmoqda. Tennis, yugurish, basketbol, voleybol, futbol kabi sport maydonchalarida o‘quvchilarning shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Kollejimiz o‘quvchilari “Barkamol avlod” sport musobaqalarining tuman, shahar, respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Jumladan, “Barkamol avlod” o‘yinlari boshlangandan buyon kollej o‘quvchilari katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Xususan, 2011-yilgi “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining tuman birinchiligida qo‘l to‘pi, tennis hamda badiiy gimnastika turlaridan 2-o‘rinni egallagan. Voleybol bo‘yicha qizlar jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Kollejning “Hamshiralik ishi” bo‘limi 15-guruh o‘quvchisi Valeriya Sharipova jamoa sardori sifatida qatnashib, oltin medal bilan taqdirlandi. 2010-yilda “Hamshiralik ishi” bo‘limi 104-guruh o‘quvchisi Sabina Niyozova karate-do sport turi bo‘yicha respublika chempioni bo‘ldi va 1-darajali diplom hamda oltin medal bilan taqdirlandi. 2011-yilda “Farmatsiya” bo‘limi 106-guruh o‘quvchisi Sherzod Rahmatov armrestling sport turi bo‘yicha respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladi. 2011-yilda Kamron Toxtamatov taekvando bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni egalladi.
Ularning safida do‘stim regbi bo‘yicha respublika federatsiyasi a`zosi Ulug‘bek Aliyev ham bor. U qatnashayotgan saralangan jamoa Osiyo chempionatida qatnashishga erishdi.
Men esa taekvando bo‘yicha Respublika Federatsiyasi a`zosiman. Sportning ushbu turi bilan 2005-yildan buyon qatnashaman. Ustozlarim Aleksandr Kim va Temur Nurillayev ushbu sport sirlarini o‘rgandim. Ushbu yilning mart va may oyida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladim.
Nodir Islomov