TOSHKENTDAGI INHA UNIVERSITETI TAYYORLOV KURSLARINI OCHDI

Toshkentdagi Inha universiteti (IUT) abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari ochilganini e’lon qildi. Bu haqda, “Gazeta.uz”ga asoslanib, Daryo.uz xabar bermoqda.

OTM saytida aytilishicha, kurslarning maqsadi liöey va kollej o‘quvchilarini IUT’ning ta’lim imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda ular OTMga qabul qilingan taqdirda moslashish jarayoniga yordam berishdan iborat.

Ta’lim dasturidan matematika, fizika (majburiy kurslar), ingliz va koreys tillari (tanlab olinadi) o‘rin olgan.

Kurs yakunida talabalar sertifikatga ega bo‘ladi. Yakuniy test natijalariga ko‘ra matematika va fizikadan 60 va undan yuqori ball to‘plaganlar kirish imtihonlaridan ozod etiladi.

Ingliz tilidan 60 balldan yuqori olgan talabalar universitetga kirishda IELTS yoki TOEFL bo‘yicha imtihon topshirishi shart bo‘lmaydi. Yakuniy testlar Inha universiteti tomonidan nazorat qilinadi.

Noyabr boshida testlar o‘tkaziladi. Undan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar dekabrda o‘qishni boshlashi mumkin.

Kurslar keyingi yilning iyuniga qadar davom etadi. Matematika va fizika bo‘yicha kurslar narxi 1300 dollar (har bir fan uchun 650 dollardan), ingliz (koreys) tili bo‘yicha esa – 400 dollar. To‘lov so‘mda qabul qilinadi.

Tayyorlov kurslarida qatnashish uchun abituriyentlardan liöey yoki kollejda o‘qishi yoki ularni bitirganlik haqida ma’lumotnoma yoki attestat talab etiladi.

Yana o‘qing:  ERTAK AYTIB BERAYMI?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: