Qizil lavlagi
Xalq tabobatida qizil lavlagi shifobaxsh va foydali xususiyatlari sababli keng qo‘llaniladi. Bu sabzavotning ildizmevasida V, RR va boshqa guruh vitaminlar mavjud. Shuningdek, betain, minerallar (yod, magniy, kaliy, temir va boshqalar), bioflavonoid kabi moddalar ham lavlagi tarkibida bo‘lganligi sababli uning betakror xosiyati yanada oshadi.
Yana lavlagi umumiy quvvat tiklovchi, me’da-ichak tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi, hamda moddalar almashinuvini yaxshilab, kamquvvat kishilar salomatligini tiklovchi sabzavot hisoblanadi. S darmondorisi mis, fosfor kabi moddalarga ham boy. Ushbu sabzavot organizmdan zaharli moddalarni ham surib chiqaradi. Uning barglari tarkibida ko‘p miqdorda A vitamini mavjud. Qizilcha (qizil lavlagi)dan salatlar tayyorlab iste’mol qilish, turli ovqatlarga solib tanovul qilish xavfli o‘smalarning oldini oladi. V9 vitamini (foliy kislota) yurak kasalliklari rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Anemiya (kamqonlik)ga chalingan bemorlar va leykemiya (oqqon) bilan xastalanganlar uchun juda foydali ozuqa. Sababi organizmda gemoglobin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi.
Shuningdek, lavlagi yoshartiruvchi xususiyatga ham ega. Chunki, uning tarkibidagi foliy kislotasi odam vujudida yangi hujayralar paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Ammo me’dasi zaif va uning shirasida nordonlik yuqori (zardasi qaynaydigan) bo‘lgan bemorlar bu ildizmevani yemaganlari ma’qul. Ortiqcha vazndan azob chekadigan va organizmida ortiqcha suv yig‘ilishi (shishlar)ga moyil xastalar uchun ham lavlagini iste’mol qilish juda foydali. Lavlagi nafaqat qonni, balki buyraklar va jigarni ham tozalaydi. Bu sabzavot organizmdan zahar (toksin)larni chiqarib tashlaydi. Shu sababli miya tiniq ishlaydi. Vujudni qabziyatdan xoli etib, xiltlarni eritganligi uchun kayfiyatingiz ko‘tarilib, ruhingiz tetiklashadi.
Tarkibida S vitamini ko‘pligi sababli lavlagi qon tomirlar devorini mustahkamlaydi. Shuningdek, bu ildizmeva qonni tozalab, tomirlarni kengaytirgani uchun gipertoniya (xafaqon), ateroskleroz va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarida tavsiya etiladi.
Charos XUSHVAQTOVA