ONA YURT OHANGLARI

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida xalq cholg‘ulari ijrochilarining “Ona yurt ohanglari” nomli xalqaro tanlovi boshlandi.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ochilishiga vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ta’lim sohasi mutasaddilari, yurtimiz va xorijlik yosh mutaxassislar taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari A.Xolbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil va sog‘lom tafakkur, yuksak badiiy-estetik did sohibi etib tarbiyalash masalasi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor yo‘nalishini tashkil etishini ta’kidladi.

Ushbu tanlov yosh ijrochilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning yangi ijodiy uslublarni egallashiga yaqindan ko‘maklashish, ijrochilik san’atini yanada rivojlantirish, bu yo‘nalishdagi maktablarni targ‘ib etishdek maqsadlarga xizmat qilayotir.

Mazkur tanlovda O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron, Turkiya kabi davlatlardan yosh musiqachilar o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.

Xalq cholg‘ulari bo‘yicha “Ona yurt ohanglari” xalqaro tanlovi yurtimiz musiqa va san’at ta’lim maskanlari badiiy jamoalari ishtirokidagi katta konsert dasturi bilan boshlandi. Tanlov davom etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Yana o‘qing:  Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: