PECHENYELI TORT
Biz sizga ajoyib bir tortni tavsiya qilmoqchimiz. Bu shirinligimiz nafaqat kichik bolajonlarga, balki kattalarga ham yoqishi aniq.
Kerakli masalliqlar:
200 gr. oddiy pechenye, 200 gr. shakar, 200 ml. qaymoq, bir finjon qahva, ta’bga ko‘ra yong‘oq, shokolad va murabbo.
To‘rtburchak shakldagi idishga pechenyelarni qahvaga botirib olib bir qavat qilib terib chiqamiz. So‘ng ozgina qaymoqli kremni surib ustidan yong‘oq va shokolad sepamiz. Yana ustidan pechenyelarni kofega ivitib terib chiqamiz. Qolgan kremni ham surib, murabbo, yong‘oq va shokolad sepib oxirgi qavat pechenyelarni ikki qavat qilib(chunki, tortni ag‘darganimizda past qismi bo‘ladi) terib chiqamiz. Tortli idishni likopchaga ag‘darib, muzlatgichga qo‘yamiz. 10-15 daqiqadan so‘ng tortli likopchani olib ustiga yana ozgina krem surib didingizga mos ravishda bezatib dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha.