DUNYODAGI BIRINCHI PROYEKTORLI PLANSHYeT

Yildan yilga planshet kompyuterlarning funksiyalari takomillashib bormoqda. Lenovo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan proyektorli planshet ham ko‘pchilikni befarq qoldirmasa kerak.

Mazkur planshetning o‘ziga xos tarafi shundaki, unga proyektorli qurilma o‘rnatilgan. Ushbu proyektorli qurilma yordamida, filmlarni tomosha qilish, ish jarayonida video taqdimotlar o‘tkazish, shuningdek, pazanda bekalar uchun ovqat tayyorlash jarayonida “yordamchi” bo‘lib xizmat qilish imkoniyatiga ega. Ya’ni, u internet yordamida olingan ovqat tayyorlash jarayonini “katta ekranda” (devorga tasvirni tushirish orqali) namoyish etadi.

Bu planshet Yoga Tablet 2 Pro deb nomlandi. Uning displeyi 13,3 dyum. Qurilma 8 megapikselli kameraga ega bo‘lib, u Android 4.4 KitKat va Windows 8 mobil qurilmalari yordamida ishlashi mumkin. Planshet proyektor yordamida tasvirni 50 dyumgacha kengaytirib berish imkoniyatiga ega. Ushbu qurilma o‘ta yupqa shaklda ishlab chiqarilgan bo‘lib, kichik sig‘imli batareyka yordamida to‘xtovsiz 15 soat ishlashi mumkin. Bu esa foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi.

Gulnoz EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Barvaqt uyg‘onadigan omadlilar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: