TANBEH ME’YORIDA IJOBIY SAMARA BERADI

Ko‘plab ayollar bolalarining betartiblik qilmasligi, ularni odobga o‘rgatish uchun baland ovozda gapirish, ta’qiqlash, hattoki ozor berishni afzal ko‘radilar. Aslida esa, bu kabi usullar bilan ijobiy natijaga erishish dargumon.

Hech qachon bolangizga qichqirmang va uni aslo urmang. Birinchidan, bunda paydo bo‘ladigan qo‘rquv, ko‘plab ruhshunoslarning fikricha, bolada o‘rab turgan dunyoga nisbatan shafqatsiz munosabat shakllanishiga, hamma narsaga kuch bilan erishish mumkinligi haqida tasavvur uyg‘otadi. Shuningdek, bolaning ko‘z o‘ngida ota-onaning obro‘si ham butkul tushib ketadi. Ammo bolaning injiqliklariga erk berib qo‘yish ham kerak emas. Chunki bu uning o‘zi istagan narsaga har doim aynan shu usul bilan erishishga o‘rganib qolishiga omil bo‘ladi.

Shu sababli birinchi navbatda bolalaringizning injiqliklarining sababini aniqlang. Agar bola nohaq bo‘lsa, unda qo‘rquv hissini uyg‘otmasdan faqatgina mulzam qiling, xotirjamlik bilan tanbeh berishga harakat qiling.

INJIQLIKNING HAQIQIY SABABINI BILMASDAN TURIB, BIROR-BIR ChORA KO‘RISHGA ShOSHILMANG.

Agar bolakay quloq solishni umuman hohlamasa va jazavaga tushib qolib, oyoq-qo‘llari bilan yer tepina boshlasa, uni baqirish va tanbehlarsiz tinchlantirishning bitta yaxshi usulini taklif qilamiz: indamaslikka va boshqa xonaga chiqib ketishga harakat qiling. Ishoning bu bola uchun juda qattiq jazo. Tez orada dovdirab qolgan bolakay oldingizga chopib keladi va shubhasiz, qandaydir savollarni bera boshlaydi. Unga, toki o‘zi xatosini anglab yetmaguncha va uni tuzatmagunicha, e’tibor qilmaslikka harakat qiling. Buni esa u, albatta, qiladi, chunki bolalar ular bilan yana gaplasha boshlashlari uchun hamma narsaga tayyor bo‘lishadi.

BOLALARNI ORTIQCHA QO‘RQITISH KERAK EMAS.

So‘zingiz ta’sir qilishining bir usuli – bu bolakayda rahmdillikni uyg‘otishdir: “Iltimos, konfet qog‘ozini yerdan olgin, bo‘lmasa men xafa bo‘laman va yig‘layman”. Juda bo‘lmasa, uning ustidan kulish yoki bunday deyish kerak: “Agar sen tirnoqlaringni tishlayversang, hamma ustingdan kuladigan bo‘ladi”. Shubhasiz, bolakay o‘ylanib qoladi va, eng muhimi, xatosini tuzatadi.

Hamma onalar o‘z bolalarining baxtiyor bo‘lishlarini istaydilar, ko‘plari o‘z bolalarini erkalaydilar, kimlardir esa ular bilan doim qo‘l ushlashib yuradi. Ammo ota-onalarning bu muomalasi bolakayga yaxshi ta’sir etishi dargumon. Chunki, bolakayni go‘dakligidan o‘yinchoqlar va shirinliklar bilan ko‘mib tashlash kelgusida xudbinlik va kibrga moyillikka olib kelishi mumkin. Doimiy nazorat esa uni mustaqillik va o‘ziga ishonchdan mahrum qiladi.

Yana o‘qing:  ZAMONAVIY TIBBIYOT: MALAKA VA TAJRIBA UYG‘UNLIKDA

O‘z dilbandingizni bolaligidanoq bir vaqtning o‘zida unga kerakli e’tibor ko‘rsatishni to‘xtatmasdan, mustaqillikka o‘rgating.

Psixolog Zebiniso AHMEDOVA tavsiyalari asosida Sarvar OCHILOV yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: