YURTIMIZDA YANA BIR BOR: “TASHKENT CHALLENGER – 2014”

R yespublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan «Tashkent Challenger – 2014» an’anaviy xalqaro turniri boshlandi.

Nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Slovakiya, Avstraliya, AQSH, Tailand, Germaniya, Kanada, Avstriya, Xitoy Taypeyi, Isroil, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Shveysariya, Tunis, Belarus, Moldova, Yangi Zelandiya va Hindiston tennischilari yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi mamlakatimizda Professional tennischilar uyushmasi (ATR), Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) bilan hamkorlikda erkaklar, xotin-qizlar, o‘smirlar va bolalar o‘rtasida xalqaro miqyosdagi musobaqalarni muntazam o‘tkazib kelmoqda.

«Tashkent Challenger – 2014» an’anaviy xalqaro turnirida Vatanimiz sharafini Farrux Do‘stov, Sanjar Fayziyev, Shonig‘matjon Shofayziyev, Jo‘rabek Karimov, Temur Ismoilov kabi iste’dodli tennischilarimiz himoya qilmoqda.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya: uning mohiyati va tartibi qanday?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: