ShOKOLAD VA UNING FOYDASI

Fransuzlar 1995 yil 11 iyulda xalqaro «Shokoladlar kuni» ni boshlab berishdi va bu bayram hozirgi kunga qadar nishonlanib kelinmoqda. Ilk bor shokoladlar dorixonalarda tayyorlangan va uni «ma’budlar ozuqasi» deb nomlashgan.

Ispanlar shokolodni dastlab Yevropadan olib kelishgan va uni «qora oltin» deb atashgan. Ular shokoladni organizmning kuch-quvvatini mustahkamlash va chidamli bo‘lish maqsadida tanovul qilishgan. Keyinchalik Yevropada faqatgina kiborlar davrasida shokolad iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan. Oradan ancha vaqt o‘tib ya’ni, XX asrning boshlariga kelib korxonalar shokoladlarni keng miqyosda ishlab chiqarishi natijasida, oddiy aholi orasida ham shokolod iste’mol qilina boshlangan. Shokolad tarkibida charchoqni qoldiruvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi moddalar mavjud. Qora shokolad tarkibidagi endorfin (baxt gormoni)ning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bosh miyadagi xursandchilik markaziga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, organizm faolligini bir me’yorda ushlab turadi. Shokolad qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi.

Filadelfiyalik tadqiqotchilarning aniqlashlaricha shokolod inson miyasiga muhabbat reaksiyasini chaqiradi. Sut bilan aralashtirilib tayyorlangan shokolad esa bolajonlar uchun juda foydali ichimlik hisoblanadi.

Malohat NAZAROVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  “Tulki po‘stini” salati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: