Eng namunali dehqon bozori – 2014

Kuni kecha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining anjumanlar zalida “Eng namunali dehqon bozori” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, bozorlardagi to‘kinlik, ma’naviy muhit, o‘zaro birdamlik va hamjihatlik munosabatlari xalqimizning mentaliteti nechog‘li umuminsoniy g‘oyalar bilan sug‘orilganidan dalolatdir.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 2012-yildan buyon poytaxt bozorlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Eng namunali dehqon bozori” ko‘rik-tanlovi ham bozorlarda sotuvchi va xaridorlarga qulayliklar yaratish, o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, muomala madaniyatini yanada yuksaltirish, obodlik va tozalikka e’tibor qaratish kabi jarayonlar ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish kabi qator vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi.

Mustaqilligimizning 23 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng namunali dehqon bozori” ko‘rik-tanlovi doirasida poytaxtimizdagi mavjud 20 ta bozor o‘rganilib, tanlov shartlariga ko‘ra bozordagi sotuvchilarning kiyinish madaniyati, radiouzel faoliyatining tashkil etilishi, bozor rastalari hamda hojatxonalarning sanitar holati kabi masalalar atroflicha baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘ringa “Aviasozlar” dehqon bozori munosib deb topildi. Ikkinchi o‘rin “Qoraqamish” dehqon bozoriga, uchinchi o‘rin esa “Askiya” bozoriga nasib etdi.

Tadbirda Toshkent shahar, tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari, Xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, bozorlar rahbarlari, Xotin-qizlar qo‘mitasining bozorlar hamda oliy ta’lim tizimidagi boshlang‘ich tashkiloti raislari va OAV vakillari qatnashdi.

G‘oliblar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan diplomlar hamda “Toshbozorsavdo” uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

M.ESHONQULOVA

Yana o‘qing:  Munosib nomzodni tanlayman

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: