BOLALARDA XOLEDOXA O‘SMALI KENGAYISHINING DAVOLASH USULI TOPILDI
O‘zbek olimlari tomonidan bolalarda xoledoxa o‘smasining kengayishini davolash usuliga oid ixtiro amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining rasmiy sayti xabar beradi.
Xoledoxa o‘simtasi har 10-15 ming kishining bittasida uchrovchi kasallik sanaladi. U umumiy o‘t yo‘li (o‘t suyuqligi oqib keladigan yo‘l)dagi tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar, o‘t qopining kengayishi bilan namoyon bo‘ladi. Xastalik tezkor ravishda davolanishi shart.
Aytish lozimki, xoledoxa o‘simtasi erkaklarga qaraganda ayollarda uch barobar ko‘p uchraydi. Bugungi kunga qadar bu xastalikning paydo bo‘lish, rivojlanish sabablari haqida turli bahslar yuritilgan. O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan bolalarda xoledoxa o‘smasining kengayishini davolash usuliga oid antiqa bir ixtiro amalga oshirildi.
Ixtiro tibbiyot, xususan bolalar jarrohligida, aynan bolalarda jigardan tashqari safro yo‘llarining o‘smali kengayishining ayrim shakllarini davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur usul yordamida jarrohlikdan so‘ng ko‘p kuzatiladigan duodenobiliarli reflyuks, xolangit va boshqa kasalliklarning rivojlanishini kamaytirishga erishadi.