FOND faoliyatidan (2014/38)

Toshkent. Shahar tayanch maskani tomonidan Chilonzor tumanidagi “Cho‘pon ota” mahallasida Ko‘zi ojizlar jamiyati shahar kengashi hamkorligida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Shuningdek, aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 289-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, ishtirokchilarga kiyim-kechaklar tarqatildi.

Farg‘ona. Fondning hududiy filiali tomonidan “Biz – sog‘lom hayot tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida velohavaskorlar, o‘quvchilar, talabalar hamda sport faxriylarining Qo‘shtepa-Farg‘ona-Vodil-Farg‘ona yunalishi bo‘yicha velomarafoni o‘tkazildi. G‘oliblarga fond hududiy filiali tomonidan sovg‘alar berildi.

Samarqand. Fondning hududiy filiali tomonidan Samarqand shahar pedagogika kasb-hunar kollejida “Ayollari e’zozli yurt bu!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: