SUN’IY YURAK – hayotga ko‘mak

Axborot asrida tibbiyot ham shiddat bilan olg‘a bormoqda. Ayniqsa, yurakqon tomir kasalliklarini sog‘lomlashtirish sohasida erishilgan yutuqlar odamni hayratga soladi va bir vaqtning o‘zida quvontiradi.

Mashhur yurak jarrohi Alen Karpantye o‘zini mustaqil boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan sun’iy yurak ixtiro qildi. “Carmat” deb nomlangan ushbu apparat mustaqil ravishda organizmning jismoniy ehtiyojini boshqaradi. Bu ixtiro insonning biologik a’zosiga mos tushadi va uni eng yuqori texnologik kuzatuv qurilmalari (datchiklar) orqali nazorat qiladi. Uning og‘irligi 900 gramm bo‘lib, 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda samarali ishlashga mo‘ljallangan.

Mazkur sun’iy yurak qon tomirlardagi eritrotsitlarning yemirilishiga olib kelmaydi. Bemor og‘ir jismoniy faoliyat jarayonida ham o‘zini juda yaxshi his qiladi.

Ko‘chirib o‘tkaziladigan a’zo tirik yurakka o‘xshash bo‘lib, u 2 biomembrana bilan bo‘lingan (chap va o‘ng) bo‘lmacha va qorinchalarga ega. Biri qon uchun, boshqasi maxsus ishlab chiqilgan suyuqlik uchun. Mushaklarning qisqarishi ikkita kichik nasos orqali gidravlik bosim ta’sirida vujudga keladi. Tartibga solish va nazorat ishlari mikroprotsessor orqali boshqariladi.

Hozirgacha sun’iy yurak o‘rnatish bo‘yicha 400 nafardan ziyod bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng ushbu qurilma yordamida ulardan 152 nafarining yuragi o‘z ish faoliyatini tikladi va sun’iy yurak olib tashlandi.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Yurak xuruji va uning to‘xtashini bashorat qiluvchi libos

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: