SARVINOZ – xalqaro toifadagi sport ustasi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDEning Norvegiyada bo‘lib o‘tgan kongressida sirdaryolik Sarvinoz QurbonboyevagaXalqaro toifadagi sport ustasiunvonini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bugun o‘zbek shaxmatchilari qit’a va jahon chempionatlari, jahon shaxmat olimpiadasi, Osiyo o‘yinlarida muntazam yuqori o‘rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga yetayotgan yosh avlod dunyoda hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini isbotlab kelmoqda. Sarvinoz Qurbonboyeva ham ana shunday yoshlardan.

– Sarvinozga bunday unvonni berishda uning xalqaro musobaqalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari e’tiborga olingan, – deydi shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi murabbiyi Mamatqul Xaylayev. – O‘ylaymanki, u o‘zining zafarli odimlarini davom ettiradi, bundan keyin ham yurtimiz dovrug‘ini dunyoga yoyishga munosib hissa qo‘shadi.

Ayni kunlarda S.Qurbonboyeva 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yana o‘qing:  Sog‘lom bola

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: