QALAM HAQI pensiyaga ta’sir qilmaydi(mi)?

Ishlamaydigan pensionerlarning ommaviy axborot vositalaridan qalam haqi (gonarar) olish qonun-qoidalarida o‘zgarishlar bo‘libdi. Shu haqida bilishni istardik.

U.SALIMOVA,

Toshkent shahri

Prezidentimiz Islom Karimovning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi (2014 yil 31 iyul) farmoni aholiga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasidir. Aholining turmush darajasini oshirish borasidagi chora tadbirlar tizimida pensionerlarga ham katta ahamiyat berilib kelinayotgani muhim ahamiyat kasb etadi.

2014 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnomalar bo‘yicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonarar, mukofot va boshqalar) oladigan pensionerlarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadi.

Yoshga doir pensiyalarning minimal miqdori oyiga yanvar-avgust oylari uchun 187970 so‘m miqdorni tashkil etadi.

Masalan, 2014 yil 15 yanvarda yoshga doir nafaqa oluvchi ishlamaydigan pensioner ommaviy axborot vositalarida maqola chop etish uchun bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 150,0 ming so‘m miqdorida tuzdi va u bo‘yicha majburiyatlar pensioner tomonidan shu kunda bajarildi. Bu holatda 2014 yil yanvar oyi uchun pensiya to‘liq to‘lanishi lozim. Oldingi tahrirda esa pensioner necha so‘m olishidan qat’iy nazar u oyda to‘liq pensiya 50 foiz miqdorda ushlab qolinar edi. Endilikda bu imkoniyat yanada kengaydi.

Demak, bunday buyon har oyda ishlamaydigan pensionerlar shu mablag‘ga yetmaydigan gonorar olishsa, ularga pensiya to‘liq to‘lanadi.

Bu o‘zgarishlar mamlakatimizda adolatli, insonparvar demokratik-huquqiy jamiyatni barpo etiyotganimizdan, qonun va qarorlar xalqimizning manfaatiga yo‘naltirilayotganidan dalolatdir.

Xurshid RAVSHANOV,

Respublika pensiya jamg‘armasining Yakkasaroy tuman bo‘limi boshlig‘i

Yana o‘qing:  Ajrashayotgan er-xotinning farzandi nomidagi mulk kimga tegadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: