MUALLIMA munosib taqdirlandi

Inson qaysi kasbni tanlamasin uni puxta egallashi uchun o‘ziga xos mashaqqatlar va sinovlarni boshidan kechiradi. Unga mehr qo‘yib chin dildan ado etishga bel bog‘laydi. Hali maktab partasidayoq ustozlariga havas bilan ulg‘aygan Dildor o‘qituvchi bo‘lishni niyat qildi.

B olalarga ziyo tarqatishga astoydil intilgan qiz keyinchalik O‘zMUning kimyo va biologiya fakultetini tamomladi. Bolalarni jon-dilidan sevgan, tanlagan kasbini ardoqlagan muallima o‘quvchilariga o‘z farzandlari singari mehr qo‘yib, obru e’tibor qozondi. Ayni vaqtda egallagan kasbini ulug‘layotgan Dildor Usmonova Toshkent Kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyda kimyo fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. Uning fidokorona mehnatlari hukumatimiz tomonidan munosib baholanib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma uch yillik bayrami arafasida “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

– Avvalo, shu mukofotni menga loyiq ko‘rganlaridan, kamtarona mehnatimga e’tibor qaratganlaridan juda xursandman, – deydi Dildor Usmonova. – Bu nafaqat menga, balki butun jamoadoshlarimga berilgan yuksak mukofot deb bilaman. Hozirgi davrda yoshlar tarbiyasi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotganda ularning qiziqishiga e’tibor qaratish kerak. Bolalarni yaxshi ko‘raman, hamisha ularga do‘st bo‘lishga intilib kelaman. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lib, bola dilini tushuna olsagina ko‘zlagan maqsadiga erishadi.

Bugun mamlakatimizda biz ayollarga qaratilayotgan yuksak e’tibordan har qancha ruhlanib mehnat qilsang arziydi. Oddiy bir o‘qituvchi sifatida mehnatlarimning shunday qadr topishi cheksiz baxtimdir.

Charos XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2014/35-36)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: