Sun’iy tirnoqlar xavfli…mi?
Tabiiy tirnoqlar ustiga yopishtirilgan sun’iysi ularni kisloroddan mahrum etishini bilasizmi?
Jismimizdagi barcha a’zolar qatori tirnoqlar ham nafas oladi. Agar uni ustini lak bilan qoplasak yoki ustiga sun’iy tirnoqlar yopishtirsak ularni “bo‘g‘ib qo‘yamiz”. Natijada havosiz muhitda turli zamburug‘li kasalliklar rivojlanadi. Tirnoqlar rangi tabiiy jilosini yo‘qotadi. Rangpar va mo‘rtlashib qolgan tirnoqlarga bir oz dam berish lozim. Sun’iy tirnoqlarni kosmetolog maxsus suyuqlik yordamida olib tashlaydi yoki uy sharoitida o‘zingiz ham mutaxassis maslahatiga amal qilgan holda buni bajarishingiz mumkin.