Zirali choy
Zira gastrit (me’da yallig‘lanishi), gepatit, ishtaha ochish, uyqusizlik, quvvatni oshirish, organizmni turli xil xiltlardan tozalashda juda ham katta foyda beradi.
Kerakli maxsulotlar: Yarim litr qaynagan suv, 1 choy qoshiq zira, 1 choy qoshiq quruq choy.
Tayyorlanishi: Choy va zirani choynakka solib, qaynagan suv quyiladi va 5-6 daqiqa mobaynida dam yediriladi va issiqligida ichiladi.