Tabiiy immunitet manbai

Ona suti bilan emizib boqish chaqaloqni turli infeksiyalardan asraydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra ko‘krak suti bilan emizish orqali yiliga 1,5 million go‘dak o‘limining oldini olish mumkin. Go‘dakni faqat ko‘krak suti bilan emizish go‘daklik davridagi o‘limni 58-87 foizga qisqartiradi. Bundan tashqari tadqiqotchilarning ta’kidlashicha chaqaloqni ko‘krak suti bilan emizish ona va bola o‘rtasida butun umrga saqlanib qoladigan uzilmas ruhiy rishta paydo qiladi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda respublikamizdagi ko‘plab ona va bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan muassasalarda bolani ko‘krak suti bilan emizishni qo‘llab-quvvatlash hamda keng targ‘ib qilish ishlarini olib bormoqdalar. Bu bolaning ko‘krak suti bilan emizish bo‘yicha YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga mos bo‘lgan 10 ta tamoyilni amaliyotga samarali tadbiq qilishda muhim ahamiyatga ega.

Hozirda respublikamizda bolani ko‘krak suti bilan emizish borasidagi ishlar yanada muvofiqlashgan va maqsadli tarzda amalga oshirilmoqda. Respublikamizda “Bolaga do‘stona munosabatda bo‘lgan muassasa” sertifikatiga ega bo‘lgan shifoxonalar ko‘paymoqda. Onalar o‘z farzandlarini qanday parvarishlash va to‘g‘ri emizishga doir savollarga javob topishida tibbiyot xodimlarining maslahat va tavsiyalari muhim sanaladi. Tug‘ruq majmualari va boshqa sog‘liqni saqlash muassasalari (bolalar poliklinikalari, QVPlar va oilaviy poliklinikalar)da shifokorlarning bu borada jonbozlik ko‘rsatishi go‘daklar kasallanishi va o‘limi ko‘rsatkichi kamayishida katta axamiyatga egadir.

Emizib boqish onani turli xavfli o‘sma kasalliklari rivojlanishidan asraydi. Go‘dakni esa turfa xil yuqumli kasalliklardan muhofaza qiladi. Unda tabiiy immunitetni shakllantiradi.

Har yili global, milliy va hududiy darajada ko‘krak suti bilan oziqlantirish jahon haftaligi nishonlanadi. Bu bilan bolalar hayotida ko‘krak suti bilan oziqlantirishning muhim hayotiy jihati va faqat ona suti bilan oziqlantirishni ommalashtirishning jiddiy ahamiyatiga ega ekanligi yana bir bora e’tiborga olinadi.

Mamlakatimizda bu yilgi haftalik “Ko‘krak suti bilan oziqlantirish: Hayot uchun g‘alabaga eltuvchi yo‘l!” mavzusiga bag‘ishlandi. Bu bilan Ko‘krak suti bilan oziqlantirish va Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishish dasturi o‘rtasidagi alohida muhim bog‘liqlik ta’kidlandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga asosan bolalar o‘limi holatining 800 mingtasi har yili ko‘krak suti bilan oziqlantirishning noto‘g‘ri amalga oshirilishi tufayli sodir bo‘ladi. Kechiktirmasdan ko‘krak suti bilan oziqlantirish – chaqaloqqa tug‘ilishi bilan bir soat ichida ona ko‘kragini berish neonatal (chaqaloqlik) davrdagi o‘lim holati darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu go‘daklarni parvarishlash va uning sifatiga oid muhim masala hisoblanadi.

Yana o‘qing:  «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda

Faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirilgan bolalarda go‘daklar o‘limi holati ona suti bilan boqilmaydigan bolalarga nisbatan 14 baravar kam uchraydi.

Joriy yildagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va YUNISEF bilan hamkorlikda OAV xodimlari ishtirokida poytaxtda o‘tkazilgan an’anaviy haftalik (1-7 avgust kunlari jahonda ona suti bilan emizib boqishni targ‘ib qilish jahon haftaligi) emizikli onalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi da’vatlarga yo‘naltirildi.

Gulchehra ShIRINOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: