Qora choy – sara choy
So‘nggi yillarda dunyo olimlari ko‘k choyning afzalliklari haqida bong urmoqdalar. Biroq…
Shvetsiyadagi Karolin instituti xodimlari olib borgan tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, qora choy ham talaygina foydali jihatlarga ega ekan: har kuni ushbu ichimlikdan to‘rt piyola iste’mol qilish insult xastaligi kelib chiqish xavfini kamaytiradi.
“The Daily Mail” nashrining yozishicha, 1997 yildan buyon amalga oshirilayotgan tajribaviy jarayonlarda sakson mingga yaqin odam ishtirok etgan. Olimlar qora choy tarkibida yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi va bosh miya uchun foydali bo‘lgan flavonoid moddasi mavjud ekanini aniqlagan.