Mahsulotingiz kaloriyalimi?

Yaqinda uncha katta bo‘lmagan, ishlatishga qulay, mahsulotning kaloriyalik salmog‘ini tez aniqlashda yordam beradigan gadjet ishlab chiqildi va keng ommaga taqdim etildi.

Yangi gadjet istalgan mahsulotning kaloriyalik darajasini aniqlaydi. Uning e’tiborli tomoni mustaqil ishlashidadir. Bu qurilma qaysi mahsulot tekshirishga berilayotgani haqidagi ko‘rsatmaga muhtoj emas. Gadjet mahsulotni o‘zi mustaqil aniqlaydi. Kaloriyalik sanog‘ini hisoblaydi. U bir vaqtning o‘zida mikroto‘lqin yordamida mahsulotning og‘irligi, yog‘liligi va suv tarkibining zichligini o‘lchashga asoslangan. Gadjet asosan mahsulotning o‘zagiga tayanadi. Ishlab chiqaruvchilar ta’kidlaydi: ularning formulalari haqiqatdan yetarlicha aniq natija beradi. Ayni paytda ishlab chiqaruvchilar yangi loyiha prototipi ustida bosh qotirmoqda. Hozircha ular oddiy birikmalarning (suv, neft va boshqalar) kaloriyligini aniqlamoqdalar. Yaqin kelajakda ishlab chiqaruvchilar xohlagan mahsulotni bir zumda tekshirganda uning kaloriyligiga baho beradigan mehnatga layoqatli maishiy uskuna yaratishni va’da qilishyapti.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Xitoylik tadbirkor “boing”dan restoran yaratdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: