Kulgu-shifo (2014/31)
Dala hovli egasidan uni ijaraga olayotgan kishi so‘radi:
– Kechirasiz, narxi juda qimmatlik qilyapti, balki birozgina tushirarsiz-a?
– Nimalar deyapsiz? Derazasidan dengiz ko‘rinib turgan uyimga shu arzimagan pulniyam bergingiz kelmayaptimi?
– Agar dengizga umuman qaramayman, deb so‘z bersam, narxini tushirasizmi?
* * *
– Buvijon, biz bilan o‘ynang. Biz “Hayvonot bog‘i”da yashaydigan maymun bo‘lib o‘ynayapmiz!
– Men nima qilaman?
– Siz maymunlarga konfet otadigan tomoshabin bo‘lasiz!