Sog‘lom hayot kerak bugun jahonga
Inson najot izla, ko‘zlaringni och,
Illat og‘u solmay tan ila jonga.
Aqlu tabobatga beraylik rivoj,
Sog‘lom hayot kerak bugun jahonga.
Ko‘kda quyosh bo‘lsin,
yuz ochsin chechak,
Intilib yashaylik har oppoq tongga.
Insonga baxt bersin desang kelajak,
Sog‘lom hayot kerak bugun jahonga!
A’zam NAZIRIY