Xonadonimiz nurga to‘lsin

Bugungi kunda turmush tarzimizni, hayotimizni elektr-energiyasiz tasavvur etish qiyin. Sababi bu tabiiy resursga bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti ham aynan elektr-energiya bilan chambarchas bog‘liq.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar energetika tizimini ham chetlab o‘tmadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil noyabrdagi 512-sonli qaroriga asosan eskirgan induksion hisoblagichlar o‘rniga yangi zamonaviy elektron hisoblagichlarning tatbiq etilishi ham fikrimizning isbotidir. Mazkur amaliy harakatning asosiy maqsadi iste’mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirishdan iboratdir.

Hozirgi kunda elektron hisoblagichlar o‘rnatilgandan keyin sir emaski, har bir iste’molchi avvalgi iste’molga nisbatan tejamkorlik bilan elektr energiyasini sarflamoqda. Ushbu holat energetika tizimida bir necha ming kVt. soat elektr energiyasining tejalishiga olib keladi.

Ma’lumki, elektr hisoblagichdan foydalanishda bir qancha talablar mavjud. Jumladan, elektr hisoblagichlar va o‘lchov transformatorlarini vaqti-vaqti bilan tekshirish, hisobga olish qurilmalari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish faqat energiya ta’minoti tashkilotning roziligi bilan amalga oshirilishi lozim.

Durbek MAQSUDOV

Yana o‘qing:  400 ga yaqin atletchi O‘zbekiston ochiq kubogida ishtirok etishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: