HAYOTIMIZ QUVONCHI – bolajon kamqon bo‘lsa…

Hozirgi kunda ekologik muhitning yomonlashuvi, kundalik iste’mol mahsulotlarida kerakli darmondorilarning yetishmasligi bir qancha kasalliklarni yuzaga chiqarmoqda. Jumladan, kamqonlik, ya’ni anemiya kasalligi haqida biroz to‘xtalmoqchimiz. Qon tarkibidagi gemoglabin miqdorining pasayib ketishi kamqonlik kasalligini belgilaydi. Miyaga kislorod yetkazib berish esa aynan qondagi gemoglabinning asosiy vazifasidir. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda turli infeksion kasalliklarga chalinish xavfi yuqoriligi bois, xastalikni tezda bartaraf etish qobiliyati past bo‘ladi. Qon tarkibida organizmning hayotiy o‘sib rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan oziq moddalar mavjud.

Kamqonlikka chalinmaslik uchun qondagi gemoglabin miqdorining me’yorda bo‘lishiga ahamiyat bering hamda kundalik taomnomangizni temir moddasiga boy mahsulotlar bilan boyiting.

Kamqonlik kasalligi bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bemor bolalar o‘z tengdoshlaridan aqliy qobiliyati pastligi sababli ortda qola boshlaydi. Kamqonlik bolaning dars jarayonida faol qatnashmasligi, vazifalarni yaxshi o‘zlashtira olmasligi, uyquchanlik, xotiraning pasayishi, tez kasallikka chalinishi, bosh og‘rig‘i va boshqa shu kabi ko‘rinishlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Shu sababli bolalarda kamqonlik kasalligini tezda aniqlash va uni vaqtida davolash zarur. Bolalarni o‘z vaqtida ovqatlanishi, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilishi kelajakda sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlaydi.

Shuningdek, kamqonlik kasalligi ayollarda homilaning normal yetilishi va sog‘lom rivojlanishiga ta’sir etib, tug‘ruq paytida kuzatiladigan asoratlarning ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari temir tanqisligi, ya’ni kamqonlik aniqlangan ona tug‘ilajak farzandiga yetarli miqdorda temir zahirasini bera olmaydi. Oqibatda chaqaloq ruhiy va jismoniy rivojlanishdan ortda qoladi.

Kamqonlikning belgilari quyidagilar:

Terining quruqlashishi, og‘iz burchagining va tovonning yorilishi, sochning tez sinishi va to‘kilishi, tishlarning mo‘rt bo‘lib yemirilishi, tirnoqlarning yupqalashishi, ko‘chishi va sinishi, tirnoq shaklining o‘zgarishi, hid sezishda (quruq yerdan suv sepilganda chiqadigan hid, shuningdek, kerosin, benzin, tamaki, mashina motoridan chiqadigan hidlarni yoqtirish) va ta’m bilishda (kesak, gilvata, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik) kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.

Temir moddasi tabiiy holda oziq-ovqatlar tarkibida yetarlicha mavjud. Faqat temir moddasini ko‘p tutadigan va insonga zarur bo‘ladigan oziq-ovqatlardan yetarli miqdorda bolalikdan boshlab, uzluksiz iste’mol qilinsa bo‘lgani.

Chaqaloqlarda uchraydigan kamqonlikni davolash qanday amalga oshiriladi?

Yana o‘qing:  Qandli diabet: bemor parvarishida umumiy tavsiyalar

Bugungi kunda yosh bolalar va chaqaloqlarda kuzatidigan kamqonlik kasalligining kelib chiqishiga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Avvalo, homiladorlikni rejalashtirish davrida bo‘lajak onani sog‘lomlashtirishga ahamiyat berish lozim. Ona organizmidagi har bir o‘zgarish bolaga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu sababli homilador ayol o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi lozim. Bo‘lajak onaning qondagi gemoglabin mikdori kamida 120 g/l ni tashkil etishi lozim.

Chaqaloqlardagi kamqonlikning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish, shuningdek, go‘daklar me’da-ichak kasalligi bilan og‘riganda va cun’iy ovqatlantirish davomida kuzatiladi. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda va o‘tkir infeksion kasalliklarga chalinganida hamda bola organizmi temir moddasini yaxshi o‘zlashtira olmasligi natijasida temir tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.

Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga me’yorda o‘sib rivojlanishi uchun 2 oy davomida qo‘shimcha ravishda “Ye” vitamini berib boriladi. Chaqaloqlarga dastlabki 2 oy davomida temir preparatlari berish tavsiya etilmaydi. Sababi chaqaloq tanasi hali judayam nimjon, yangi hayotga hali to‘liq moslasha olmagan bo‘ladi. Bu davrda o‘ziga kerakli bo‘lgan ozuqani faqat ona sutidan oladi. Juda zarur holatlarda shifokor maslahati bilan temir preparati kichik miqdorda berilishi mumkin. Kamqonlik bilan tug‘ilgan chaqaloqlarga 2 oy bo‘lganidan so‘ng unga temir preparati berish mumkin.

Bu kasallik chaqaloq ota-onasidan irsiy gemolitik kamqonlik sifatida ham o‘tishi mumkin. Chaqaloqlarning gemorragik kasalligi esa – vitamin “K” va qon ivishini ta’minlovchi omillarning yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi.

Gemorragik kasalliklarda chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng vitamin “K” preparati shifokor tekshiruvi ostida amalga oshiriladi.

Homiladorlik davrida bo‘lajak ona o‘zining gemoglabin miqdorini me’yoriy holatga keltirib olsa, tug‘ilajak bolada kamqonlik kasallik bilan chalinishining oldi olinadi. Buning uchun o‘z taomnomasida gemoglabin miqdorini oshiruvchi mahsulotlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

I toifali neonatolog Feruza JABBOROVAtavsiyalari asosidaNargiza UGLAMOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: