“Sambuso” ajoyiboti

Aziz uy beklari, sizlarga oson va tez tayyor bo‘ladigan yana bir antiqa pishiriq tayyorlashni o‘rgatamiz. Kerakli bo‘ladigan masalliqlar: 200 gr pishloq, 1 quti tayyor xamir (spring roll sambusa yoki lavash), 2 choy qoshiq un, 0,5 stakan suv va qovurish uchun o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi: 200 gr pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazamiz. Tayyor xamirni olib, uni to‘rtburchak shaklida kesamiz va ichiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqdan ozgina solamiz. 0,5 stakan suvga 2 choy qoshiq un solib, yaxshilab aralashtiramiz. Mazkur aralashma xamirni bir-biriga yopishtirishda kerak bo‘ladi. Qarabsizki, yarim tayyor do‘lmachalar qovurish uchun tayyor holga keladi. Do‘lmachalarni qizigan yog‘ga solib, qizarguncha qovurib olamiz.

Pishirig‘imiz tayyor dasturxonga tortishdan oldin, uni o‘zingiz didingizga mos qilib bezatishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yana o‘qing:  Fantastik filmlarning haqiqatga aylanishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: