Zamonamiz kichkintoylari
– Voy, Munisaxon, bilaguzugingiz buncha chiroyli. Hali to‘rt yoshga to‘lmagan Munisaxonni gapga tutdi, qo‘shni ayol. Xuddi buvijonizga o‘xshab taqib olibsiz-mi?
– Shu kunlarga yetkazsin, – deydi Munisa qoshchalarini chimirib.
* * *
– Voy-bo‘, menga nevaraginam bayramga sovg‘a qilgan lolalar buncha chiroyli bo‘lmasa?! Xuddi bog‘imda o‘sayotgan lolalarga o‘xshaydi-ya!
– Endi o‘smayapti, buvijon …
* * *
– Qani, bolalar, kim aytadi? Qaysi qush in qurmaydi?
– Kakku!
– Nega?
– In qurib nima qiladi? Soatimizning ustida mazza qilib yashayveradi!