Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2012-44)
- Poytaxtimizda Konstitutsiyamizning 20 yilligi munosabati bilan “BMTning Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
- Mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) ijrochi direktori, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Babatunde Osotimein O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida mehmon mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ishlarga yuksak baho berdi.
- 24-29 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Bornmut shahri kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi va yoshlar o‘rtasidagi VII jahon chempionatlariga mezbonlik qildi.
- Samarqand shahridagi nogironlar mintaqaviy reabilitatsiya markazida 2 milliard 38 million so‘m mablag‘ evaziga qo‘shimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Pirovardida bu yerda bir paytning o‘zida qo‘shimcha 75 bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
- Mirishkor tumani irrigatsiya va melioratsiya kasb-hunar kollejida 550 o‘rinli o‘quvchilar turarjoyi qurilib, foydalanishga topshirildi. Shu maqsad uchun 749,2 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
- Oltinko‘l tumani Ko‘makay qishlog‘ida “Afsona” zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi barpo etildi.