Kasb odobi mas’uliyatni oshiradi

“Poytaxt” biznes-markazining anjumanlar zalida O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi va YUNYeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi qo‘shma loyiha doirasida “Jurnalistlar kasbiy odob-axloqi me’yorlarining dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida jurnalistlar kasbiy faoliyati va ular ishida odob-axloq me’yorlariga rioya etish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Jurnalistning professionallik darajasi o‘z burchini halol, vijdonan, har tomonlama o‘ylab, adolatlilik mezonlari asosida belgilanishi ta’kidlandi. Uning vazifasi fuqarolarning ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, o‘quvchilar bilan ochiq muloqotda bo‘lish, o‘z faoliyatiga nisbatan jamoatchilikning adolatli e’tirozlarini omma oldida qabul qilish, muayyan xatolarni darhol tuzatgan holda tanqidga javob berish imkoniyatini yaratishdan iboratligi aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, mahalliy jurnalistlarning dolzarb vazifalari qatorida davlatni demokratik yangilash sharoitida huquqiy va odob-axloq me’yorlariga rioya etish masalasi ham mavjud. Ishtirokchilar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni OAV vakillari tomonidan aholini ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tegishli bo‘lgan davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlari to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha vazifalarini yanada samarali ijro etishiga xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida “O‘zbekiston jurnalistlari odob-axloq me’yorlari Kasbiy kodeksi” yangi tahriri loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Indira MIFTAXOVA

Yana o‘qing:  Dillarga zavq ulashib

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: